Telefondan uzmayin ko'zim,
Savollarga ko'mgancha o'zim.
Jamolingni qumsab umidvor,
Qo'ng'irog'ing kutdim intizor.
Bo'lingancha o'y-u xayolim,
qorong'udir bu o'ngi-so'lim;
har fursatda chekkancha ozor,
Qo'ng'irog'ing kutdim intizor.
Daqiqa ham berar aziyat,
Hayollarim bo'linar faqat.