Men sizni sevaman desam ishonmang Sizdan oldin boshqaga ko'ngil berdim rost Men sizni sevaman desam sevilmang Armonli dunyoda baxtiyor yashang
Atirgul tutaman qo'limdan olmang Olsangiz bir kuni aldab ketaman Ko'ngil ochganimda rozilik bermang Yaxshi bola emasman tashlab ketaman
Go'yoki tushlarga ko'milasiz Orzu havaslarga berilasiz Balki kelajakni ertak qilarsiz Biling men dunyoda yolg'on yashayman
Ko'nglingiz olaman baxtga to'lganda Baxtiyor qilaman quyosh botganda Yig'lab uyg'onarsiz quyosh otganda Afsus yoningizda bo'lmayman unda
Bahor o'tgach keyin bahor keladi Sizning gullaringgiz arzon bo'ladi Taqdir ustinggizdan rosa kuladi Shularga ko'nikib yasholasizmi
Xazonga burkayman orzularizni Gohida yuvaman qayg'ularizni Daryo qilaman ko'z yoshlarizni Shularga jim qarab sevolasizmi |