Yana qaytib seni sevardim
O'zgasini sevmaganingda
Biz xammadan baxtli bo'lardik
Do'st bo'laylik demaganingda
Bizni iqbol chorlab turgandi
Bizni ollox qo'llab turgandi
Taqdir yo'li bog'lab turgandi
Do'st bo'laylik demaganingda
Bugun yana xayolga cho'mdim
Sevgimizni poyinga ko'mdim
Sadoqatli yoring bo'lardim
Do'st bo'laylik demaganingda
Labi gilos ey sarvi janon
Yoling kutib ko'zlarim giryon
Sen uyon-u men esa bu yon
Do'st bo'laylik demaganingda
Shirin xayol o'ylar surardik
Ro'zg'or tikib oila qurardik
Naqt o'n beshta farzand ko'rardik
Do'st bo'laylik demaganingda
Sendan yomon qattiq ranjidim
Telbalarcha dil berib sevdim
Odamlardek yashamoqchiqim
Do'st bo'laylik demaganingda
Yuragimni yeb bitti xasrat
Boshmizda ming bitta kulfat
Qayda edi uyur-uyur dard
Do'st bo'laylik d
...
Davomini o'qish » Читать дальше »
|
Bag'rimga bossam,
Armonim ketar.
Yonimda bo'lsang,
Shu menga yetar.
Kerakmas jonim,
O'zingdan o'zga.
Ko'z tegmasinda,
Shu bahtimizga.
Bahtliman kelsang.
Yonimda bo'lsang.
Olam yorishar,
Tabbasum qilsang.
O'zimdan ko'proq,
Sevaman ishon.
Xiyonat qilma,
Faqat xech qachon.
Bahtliman bilsang.
Yonimda bo'lsang.
Olam yorishar,
Tabbasum qilsang.
Kutyapman qara
Uying qoshida
Bu shirin savdo
Hamma boshida
Sevgi bor demak,
Go'zaldir olam.
Kelin topgin deb,
Qo'ymaydi onam.
Kelin bor deya,
Aytmayman men ham.
Bo'ydoqlik davrim,
Boshqacha beg'am
Bahtliman bilsang.
Yonimda bo'lsang.
Olam yorishar,
Tabbasum qilsang.
|
Bir soxta qalb aldoqchi
Ketar ko'ngil xonamdan
Mani o'tga solmoqchi
Tikon ko'rdim lolamdan
Muxabbati yolg'onim
Kulishlari yolg'onim
Uchib tillo-zarlarga
Xazon aylading bog'im
Davosizdur muxabbat
Yurakga solarkan dard
Qalbimni ezar xasrat
Tikon ko'rdim lolamdan
Xiyonatning zarbasi
Nurar ishonchning qasri
Bormikan yorning qasti
Tikon ko'rdim lolamdan
Qayda yuragi borlar
Bu dardni kim davolar
Zohidni ishq azoblar
Tikon ko'rdim lolamdan
Dard sezilar nolamdan
Tikon ko'rdim lolamdan
|
Yurak buyurdi-yu aql mustasno,
O'rtaga ishq tushib, ayladi zino.
Tushuna olmadim; qanday bu dunyo
Aql ojiz ekan, ishqning oldida.
Seni asir etgan, ishqqa vafoli
Yonida jon berar, jufti haloli
Afsus anglay olmas, shudir yomoni,
aql ojiz ekan, ishqning oldida.
Necha qurg'on Xarob, yoki omonat,
Jigar o'rtasida, To'siq adovat,
Kelib chiqmoqdadur, Shundan xiyonat,
aql ojiz ekan ishqning oldida.
Sevgi Shumi ayting? bersa ayriliq,
Uni deya qancha qalblarda og'riq.
Sevib sevilmoqlik, yurakka bog'liq
Aql ojiz ekan ishqning oldida.
Tangrim Osiy bandang gunoxin avf et,
Asra o'zing qalbga iymon ato et,
anglasin,
deb yurmasin
bo'lgandan so'ng kech
aql ojiz ekan ishqning oldida...
| |