Shanba, 28.09.2024, 16:19
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [49]
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [23]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ [0]
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ
XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ [0]
XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [0]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [20]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [0]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [0]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР [0]
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ
14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI TABRIK SHERLARI [0]
14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI TABRIK SHERLARI
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз [8]
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА / 8 MART TABRIK SHERLAR [0]
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА / 8 MART TABRIK SHERLAR
1 APREL SMS HAZILLAR / 1 АПРЕЛ СМС ХАЗИЛЛАР [0]
1 APREL SMS HAZILLAR / 1 АПРЕЛ СМС ХАЗИЛЛАР
С 1 апрельские приколы [0]
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI [0]
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР [7]
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [0]
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
21 OKTYABR TIL BAYRAMI HAQIDA SHERLAR [13]
21 OKTYABR TIL BAYRAMI HAQIDA SHERLAR
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR [0]
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР [3]
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR [0]
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR [4]
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [0]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [0]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
DO'ST HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ДРУЖБЕ [2]
DO'ST HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ДРУЖБЕ
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [0]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [0]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [0]
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS FOTO / СМС ФОТО [0]
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА [0]
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [1]
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ [0]
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [0]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [0]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР
VATAN HAQIDA SHERLAR / ВАТАН ХАКИДА ШЕРЛАР [5]
VATAN HAQIDA SHERLAR / ВАТАН ХАКИДА ШЕРЛАР
Umar Hayyom Ruboiylar / УМАР ХАЙЁМ РУБОИЙЛАР [2]
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 1
Mehmon: 1
Ishtrokchilar: 0

09:33
Til - millat ko‘zgusi Bayram senariysi
Maktab sahnasi va zal "So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar”, "Til – millat ko‘zgusi”, "Til – oinayi jahon” kabi shiorlar, hikmatli so‘zlar, o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk siymolarning suratlari, devoriy gazetalar bilan bayramona bezatiladi. O‘quvchilar tayyorlagan ijodiy va ilmiy ishlardan namunalar ilinadi.



Sahna pardasi ochilib, 8 nafar ishtirokchi o‘quvchi karnay-surnay sadolari ostida chiqadi va quyidagicha joylashadi:



(Ishtirokchilar she’r o‘qiyotganda ekranda yurtimizning go‘zal manzillari, buyuk ajdodlarimizga oid lavhalar namoish etiladi.)



1-o‘quvchi:

Mir Alisher bobomizdan

Meros bo‘lib qolgan tilim.

Bobur Mirzo she’rlaridan

Rang va qiyos olgan tilim.

Shunday tildan tonar bo‘lsam,

Qiyma-qiyma bo‘lsin tilim.

Alla bo‘lib jaranglagan

Ona tilim – jon-u dilim.



2-o‘quvchi : Assalomu alaykum, qalbi quyosh, mehridaryo, aziz ustozlar hamda bilimga chanqoq o‘quvchilar! Bugun ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to‘ldi. Ushbu ayyom munosabati bilan barchangizni (hamma jo‘r bo‘lib) MUBORAKBOD ETAMIZ!

(Davrani ochish uchun so‘z navbati maktab direktori yoki ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga beriladi.)



5-o‘quvchi:

Mayli, kim qay tildan zavq-u  shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.



6-o‘quvchi:

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida qonun qabul qilindi.



4-o‘quvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Kon¬stitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.

7-o‘quvchi:

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida”gi qonunining 4-moddasida quyidagicha keltirilgan: "O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘rgatish bepul amalga oshiriladi”.



3-o‘quvchi:

Eshitganman ilk bor shu tilda alla,

Kuylaganman ilk bor shu tilda yalla.

O‘zbegim o‘zligi timsoli sensan,

Shu tilda kuylayver, kuyla baralla.

(Ona obrazidagi o‘quvchi sahnaga chiqib, beshik tebratadi; alla yangraydi.)



8-o‘quvchi:

So‘zi qudratli, sirli,

Ham go‘zal, ham sehrli,

Go‘yoki tirik jondek,

Muhabbatli, mehrli,

Go‘zal jonona tilim,

Asl durdona tilim.

Dilimiz torjimoni,

Sen millatning mulkisan,

Chiroylisan, ko‘rklisan.

Fe’l-atvori, ruhini

Aks ettirgan ko‘zgusan,

Donishmand, dono tilim,

Asl durdona tilim.

Sensiz na ilm bo‘lar,

Na fikr, bilim bo‘lar.

Sen bo‘lmasang so‘zlarnnig,

Bag‘ri ming tilim bo‘lar.

Onajon, ona tilim,

Mening shohona tilim.



3-o‘quvchi:

Til haqida buyuklar shunday deganlar:



"Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil”. Alisher Navoiy.



"Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Abdulla Avloniy.



"Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”. Islom Karimov.



(Sahnaga 6-sinf o‘quvchilari taklif etilib, fonetikaga oid topishmoq va quvnoq she’rlar o‘qiladi).



1. Yettida bor,

«Yettov»da yo‘q.(Javob: "i” tovushi).



2. Bir so‘zda bir xil undosh

Ketma-ket qator kelar.

Misol topib aytinglar,

Ular qanday tovushlar?

(Javob: qator undosh tovushlar).



3. «Arra»da ikkita bor,

«Yalla»da ham shuncha bor,

Yana qaysi so‘zlarda

Shu holat bo‘lar takror?

(Javob: karra, zarra, alla, malla, kalla, salla...)

4. Til uchi milkka tegib,

Havo yo‘lini to‘sar.

So‘ngra birdan ochilib

Tovushlar portlab chiqar.

Topsin dono bolalar,

Ular qaysi tovushlar?

(Javob: d, t, l, n tovushlari.)



5. Bordir olti xil tovush,

Ular cho‘zib aytilar.

So‘z tuzilmas ularsiz,

O‘ylang, balki toparsiz?

(Javob: unli tovushlar.)



1-o‘quvchi:

Qanday yaxshi so‘z, kalom,

Odob boshi –"Assalom”.

Xush yoqadi hamma vaqt,

"Rahmat”, "Xo‘p-xo‘p”, "Marhamat”!



2-o‘quvchi:

Yayratadi dilingni,

Do‘stlarning "Xush keling”i.

So‘nggi so‘z ham alomat:

"Xayr, bo‘ling salomat”.



(Sahnaga laparchi qizlar chiqib, "Omonyor”, "Chitti gul”, "Jamalagi tillo” kabi xalq qo‘shiqlaridan namunalar ijro etishadi.

Tadbirda ona tilimizning qadri va boyligini tarannum etuvchi boshqa sahna ko‘rinishlarini ham namoyish etish, musobaqalar uyushtirish mumkin.

Shu tariqa bayram kechasi yakunlanadi.) 
Категория: 21 OKTYABR TIL BAYRAMI HAQIDA SHERLAR | Ko'rildi: 368 | Qo'shdi: 24soatcom | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
«  Oktabr 2019  »
DushSeshChorPayJumShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz