Suyganingiz o'zgalarga,ko'z suzmasin, So'ramasdan,ko'cha ko'yda,hech yurmasin, O'zgalarning yonlarida,yo'q turmasin, Yoringizga qattiq turing,rashq bobida!
Befarq bo'lmang,gulingizga yoringizga, Olib yuring,hayo bilan,yoningizda, Qizg'oningiz shiddat bo'lsin qoningizda, Yoringizga qattiq turing,rashq bobida!
Yozilganku Bobolarning kitobida, Doim aytar qorilarham hitobida, Ko'p gunohga botajaksiz ,yoqsa agar, Aqlliroq bo'lmasangiz,rashq bobida!
Ko'cha ko'yga chiqsa qayga,deya so'rang, Kiygan kiyim,libosiga doim qarang, Ayting unga,soch bo'yamang,ro'mol o'rang, Dayus bo'lmang yoringizga,rashq bobida!
Shoxrux hayron qolar doim,zamonlarga, O'zga yorlar bilan,yurgan haromlarga, O'xshamangiz rashqni bilmas yomonlarga, Yoringizga sergak turing rashq bobida!
Rashqi yo'qlar kirmagaydir jannatlarga, Ollohimdan qolar qattiq lanatlarga, Loyiq bo'ling jannat to'la nematlarga, Yoringizga qattiq turing,rashq bobida!
Jannatingiz asrab qoling,vaqt borida ! |