Kuz... menga Nayabrni chaqir, U yonimga kelsin sarg'ayib. Odamlarning ko'ngliga yaqin, So'zlar topib kelsin anvoyi.
Titrab-titrab kelsin g'o'rlikdan, Daraxtlardan bo'lsin hijolat. Burgan o'sgan yorug' jarliklar, Cho'ziliblar yotar mijg'ovday.
Maydalashib ketganday yo'llar, Shamol emas dovdirar afsus. Qaysi yo'ldan kelganing o'ylab, Qiynalmasdan yuribsanmi, kuz?
Seni rosa yomon ko'raman, Oppoq senga bo'lgan nafratim. Oshiq kim deb mendan so'rama, Sen oshiqning munglug' hasrati.
Kuz... bor... menga kattangni chaqir, U yonimga kelsin sarg'ayib... |