TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Ziyoda, Halimaxonim, Rayhon va «Bojalar» «zapret»dami? Ozodbek Nazarbekov javob berdi
So'nggi kunlarda yuqorida sanab o'tilgan xonanda va akterlarning «zapret»ga tushgani haqida gap-so'zlar tarqalgan edi. Ana shu savolga javob olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Ozodbek Nazarbekovdan «Daryo» nashri tomonidan intervyu olindi.
Xususan, «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ziyoda Qobilova, Rayhon G'aniyeva, ‘Bojalar’ guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonov va qiziqchi Halimaxonimlar zapretga tushdimi?» mazmunidagi savolga O. Nazarbekov quyidagicha javob berdi.
San'atkorlarning faoliyatini cheklash yoki davom ettirish to'g'ridan to'g'ri «O'zbekkonsert»ning vakolatida. Ayniqsa estradaning ‘ota tashkiloti’ ‘O'zbekkonsert’ hisoblanadi, shuning uchun asosiy vakolat ‘O'zbekkonsert’da. Bu san'atkorlar haqida hech qaerda rasmiy ravishda ‘O'zbekkonsert’ning falon xulosasiga ko'ra faoliyati to'xtatildi yoki faoliyatdan chetlashtirildi, degan hech qanday rasmiy ma'lumotim yo'q, – deydi Nazarbekov.