TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Zinodan bo‘lgan homilani nima qilish mumkin.? (Valadi zino haqida)
Savol: Assalomu alaykum! Yaqinda bir tanish bo‘lgan yosh yigit tanish bo‘lgan qiz bilan jinsiy yaqinlik qilib qo‘ygan, qiz esa homilador bo‘lib qolibdi. Hozirda homila bir oylik bo‘lgan. Endi bu yigit o‘sha qizning uyiga sovchi yuborib to‘yini qilib nikohdan o‘tsa bo‘ladimi? Yoki nima qilsa ham qizning ichidagi bola zinodan bo‘lgan bo‘lib qolaveradimi? Yoki bolani oldirib tashlasinmi? Chunki vaqtni o‘tkazib yuborsa homila rivojlanib ketadi. O‘zi bilan zino qilgan qiz bilan nikohdan o‘tsa durustmi? Nikohning shartlaridan faqat bittasi bajarilgan, u ham qizning roziligi lekin qolgan shartlari bajarilmasdan homilador bo‘lib qolgan. Oldindan rahmat!
Javob: Va alaykum assalom! U yigit o‘sha qizga uylansa bo‘ladi. Lekin homila bo‘lgandan so‘ng nikoh o‘qitgani uchun u bola valadi zino bo‘lib qolaveradi. Zinodan bo‘lgan bolada ayb yo‘q. Barcha ayb uning zinokor ota-onasidadir. Lekin zinokor ota-ona sababli zinodan bo‘lgan bola odamlarning nafratiga uchraydi. Aslida, bola emas, balki, uning ota-onasi mazammat qilinishi kerak. Zinodan bo‘lgan bola agar tavfiq topib, shariat ahkomlariga amal qilib yashasa, xuddi boshqa bandalar kabi u ham jannatga erishadi. Agar aksincha bo‘lsa, xuddi boshqalar kabi natija ham aksincha bo‘ladi. Lekin ko‘pincha zinodan bo‘lgan bola ota-onasining gunohi sababli, odamlarning nafratida bo‘ladi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmay qiynaladi. Bu esa uning odob-axloqi va tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, zinokor ota-onalar salohiyatli farzand tarbiya qila olishmaydi. Vallohu a’lam.