TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda haydovchi nima qilishi kerak?
Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:
- transportni to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to'xtash belgisini o'rnatishi, transportni va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi;
- shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish choralarini ko'rishi;
- tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi;
- shoshilinch hollarda shikastlanganlarni yaqindagi shifoxonaga boshqa transportda jo'natishi, buning imkoni bo'lmaganda o'z transportida olib borish va hodisa ro'y bergan joyga qaytib kelishi;
- boshqa transportlarning harakatiga to'sqinlik qilsa qatnov qismini bo'shatishi;
- hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash manzilini yozib olib, ichki ishlar xodimlarining kelishini kutishi.