TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Yaponiyada narigi dunyo bilan bog'lanish imkonini beruvchi telefon bor…
Yaponiyaning Osuti degan qishlog'ida, Tinch okeani sohilida maxsus bunyod etilgan telefon budkasi bor. Budka 2010 yili — dahshatli to'fondan bir yil oldin Itaru Sasaki ismli erkak tarafidan qurilgan. U qadrdon ukasidan ayrilib qolgan va o'ylay-o'ylay, shu budkani bunyod etgan. Budka ichida eski telefon uskunasi bor. Lekin u hech bir operator bilan bog'lanmagan. Simi ham yo'q. Shunga qaramay, telefon uskunasi yordamida marhum ukasining arvohi bilan bemalol tillasharkan. Keyinchalik, aniqrog'i, 2011 yilgi to'fondan keyin yaqinlarini yo'qotganlar ham budkaga kirib okean tubiga g'arq bo'lgan yaqinlarining arvohlari bilan gaplasha boshlashibdi.
To'g'ri, bu gaplarga skeptiklar aksil munosabat bildirib, Sasaki kabilarni ahmoqqa chiqarib qo'yishdi. Lekin ko'pchilik budkaga kirib telefon go'shagini qulog'iga bossa albatta olamdan o'tgan yaqin kishisining tovushi eshitilishini ta'kidladi. Tag'in kim bilsin?!. Hammasi Ollohdan-da!