Hozirgi kunda Qozog'istonning Olmaota shahrida yashovchi 18 yashar Anora ismli qizni o'gay otasi bolalikdan zo'rlab kelgan ekan. Yaqindagina bu jinoyati oshkor bo'libdi. Shu sababli Anora oilasi bilan bu uydan ketgan. Ijara uyda hayot kechirmoqda. Hech kim ko'chaga chiqmaydi, telefon orqali gaplashmaydi. Qiz ham, ukalari ham o'gay otadan qo'rqadi. Chunki u hanuz ozodlikdan mahrum etilmagan. Aybi isbotlanguncha uy qamog'iga tashlangan xolos. Qiz ham agar o'gay otasining qilmishlaridan politsiyachilar xabar topmasa, uni uy qamog'iga mahkum etmasa, miq etmasdi.
Xullas, qizning o'gay otasi aslida salafizm fanatlaridan biri. Suriyaga ketib terrorchilarga qo'shilishni reja qilgandi. Ulgurmadi. Bundan tashqari, u uyida fohishaxona tashkil qilgan, noqonuniy tarzda qurol saqlagan…
Jabrlanuvchi qiz yuzini ko'rsatishga-da qo'rqadi. Ammo ortiq sukut saqlashni ham istamaydi. Aytishicha, 13 yoshidan o'gay otasi doimiy ravishda u bilan kuch ishlatgan, qo'rqitgan holda jinsiy munosabatga kirishib kelgan. Oxiri Anora chiday olmadi. Yaqinlariga bo'lgan gapni gapirib berdi.
— O'gay otam bolaligimdan meni tinch qo'ymasdi, — dedi Anora. — 13 yoshimda nomusimni bulg'adi. Shundan keyin nuqul menga teginib, to'shakka tortardi. Qarshilik qilsam, o'ldirish bilan qo'rqitardi. Birovga churq etsam ham o'lim topishimni aytib qo'rqitardi. Oyimga aytsam bo'lardi. Ammo uning uyi buzilib ketishini istamasdim. Axir, ular uzoq yillardan beri birga yashashadi. To'rt farzandi bor…
Onasi Asel Qurmanbekova baribir kunlarning birida hammasidan xabar topdi. Qizining nomusi bulg'anganini eshitgandanoq bolalarini oldi-yu, bu uydan chiqib ketdi. Politsiyaga shikoyat arizasini taqdim etdi. Shundagina bildiki, shuncha yildan beri o'ta xavfli bir kimsa bilan yashab kelibdi. Asel erining fohishaxonasi borligi, qonunga zid ravishda qurol saqlashidan xabar topgach, dahshatdan o'layozdi.
— U tez-tez, «Ollohu Akbar!» deya baqirib qolardi, — dedi Asel. — Boshini ayamasdan devorga urardi. «Ana, uyoqda biznikilarni qirib tashlashyapti. Biz bu yerda nimani xohlasak yemoqdamiz, kiymoqdamiz. Mening og'alarim esa janglarda halok bo'lyapti.», deb qichqirardi…
— Sud vaqtincha ayblanuvchini uy qamog'iga mahkum etgan, — dedi Olmaota politsiyasi departamentining rasmiy vakilasi Saltanat Azirbek. — Hozirgi paytda uni «SIZO»ga o'tkazish harakatlari boshlangan…
Suddagilar esa aytmoqdaki, ayblanuvchining bo'yniga faqat fohishaxona ochganligi va noqonuniy tarzda uyida qurol saqlagani haqida ayblov qo'yilgan. O'gay qizining nomusiga tekkanligini hali isbotlash kerak ekan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|