TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
UFC prezidenti: «Hozirgi boksni buzib tashlab, boshidan qurish kerak»
UFC rahbari Dana Uayt hozirgi professional boks haqida gapirdi.
"Agar 80-, 90- va xattoki, 2000 yillarga qarasangiz boksda pul ishlay oladigan sportchilar borligini ko'rasiz. Floyd Meyvezer, Menni Pakyao, Oskar De La Xoyya kabi bokschilar yaxshigina gonorarga ega bo'lishgan. Biroq, sizlar katta janglarda qatnashmagan va yetarli mablag'ga ega bo'lmagan tonnalab bokschilar haqida gapirasiz. Bu sport hozirgidan ko'ra yaxshiroq bo'lishi mumkin deb o'ylayman. Agar UFC’ga qarasangiz, biz uni 20 yil davomida rivojlantirib keldik. Shuningdek, yil davomida 42ta jang tadbirlari tashkil qilamiz. Har bir kechaga tashrif buyurganingizda yo chiptalar barchasi muddatidan oldin sotib bo'lingan bo'ladi. Yoki ularning sotuvi bo'yicha rekord o'rnatiladi. Ushbu yilda esa bu borada UFC tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etmoqchimiz. Endi biz TV orqali bepul translyatsiyalarni yo'lga qo'ymoqdamiz. Biz Meyvezer va boshqa ko'zga ko'ringan bokschilarsiz ham chiptalardan millionlab dollarlar ishlamoqdamiz. Shu yo'l bilan boksni ham rivojlantirsangiz bo'ladi. Faqat avval, uni buzib tashlab, boshidan qurish talab qilinadi», – deya qayd etgan MMA janglarini tashkillashtirib keluvchi tashkilot prezidenti.