TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Tuyasini minib cho'lda ketayotgan badaviy har safar dam olish uchun tuyasini cho'kkalatganda Alloh taologa o'zi va o'lkasi uchun hech bir narsaning teskari kelmasligini so'rab duo qilar edi. Bir vaqt qarshisidan o'ziga qarab to'g'ri kelayotgan bir kishini ko'rib qoldi. Yaxshi niyatli inson bo'lgani tufayli uchratgan odamidan biror yomonlikni gumon qilmadi. Suvsizlikdan lablari qurigan odam badaviydan suv so'radi. Badaviy tuyasining ustidagi ozgina suvi qolgan bidonni olib unga uzatdi. Suvni so'nggi tomchisi qolgunicha simirib ichgan odam badaviyni itarib tashlab tuyani yetaklab qochishga tushdi.
Badaviy uning orqasidan xotirjam ovozda:
– Mayli, tuya seniki bo'la qolsin, faqat sendan iltimos, bu tuyani mendan olib qochganingni aslo birovga ayta ko'rma, – dedi.
Bu gapni eshitgan odam hayron bo'lib to'xtadi va undan buning sababini so'radi. Nihoyatda yaxshi tilakli bo'lgan badaviy uning savoliga:
– Agar bu voqeani biror kishiga gapirib bersang, bu xabar tezda atrof-olamga yoyilib ketadi. Natijada insonlar cho'lda qolgan muhtojlarga aslo yordam bermay qo'yadilar… – deya javob berdi.