TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
2011 yil turmushga chikqanman. Bugun shirindan-shakar ikki qizning onasiman. Ro'zg'orimizda sira kamchilik yo'q, biroq shuncha yildirki, turmush o'rtog'imning ko'nglini topolmay qiynalaman. Rafiqa bo'lib biror marta erimdan shirin so'z eshitganim yo'q, qulog'imda qolgani faqat uning haqoratlari… Bunday azobda yashashni hech kimga ravo ko'rmagan bo'lardim. Juda qiynalib ketdim. Ba'zan «Bor-e!» deb bariga qo'l siltab ketgim keladi. Biroq qizlarimni o'ylayman. Mensiz yoki otasiz ularning hayoti qanday bo'ladi?
Farzandlarim uchun tishimni tishimga qo'yib, hammasiga chidab yashayapman. Lekin dilimni bir savol o'rtaydi: «Mening ham sevilishga, turmush o'rtog'ining shirin so'zlarini eshitib, baxtli yashashga haqim yo'qmi?» To'g'risini aytsam, turmush o'rtog'imni tashlab ham ketolmayman. Chunki u men uchun qadrli inson. U farzandlarimning otasi!