![](/_nw/3/93996968.jpg)
Grozniy sudi Krasnoyarsk intizom kuchaytirilgan turmasida 18 yillik jazo muddatini o'tayotgan Sulim Bitayevning shikoyat arizasini atroflicha ko'rib chiqib, talabni qondirish haqida hukm e'lon qildi. Mahbus ertalabki badantarbiya mashqlari o'rniga namoz o'qishga ruxsat berishlarini talab qilgandi.
Sulim Bitayev turma xodimlarining ayrim qonunga xilof harakatlari ustidan shikoyat qilgandi. Uning yozishicha, go'yo uchta qoidabuzarlikka yo'l qo'ygani uchun uni olti oy muddatga jarima kameraga joylashtirishgan. Birinchisi, ertalabki badantarbiya o'rniga bomdod namozi o'qigan, ikkinchisi, dam olish kunlari kamerani yig'ishtirib, changlarni artish va hokazolarni bajarmagan, uchinchisi uxlashga buyruq berilishidan 12 daqiqa oldin karavotiga o'tirgan. Arizani ko'rib chiqib, sud mahbusning harakatlarida qonunbuzarlik belgilarini ko'rmadi.
— Masalan, namoz o'qish Rossiya konstitutsiyasida taqiqlanmagan, — dedi sudya. — Demak, mahbus o'zi xohlasa, bemalol bu amalni ado etaverishi mumkin. Kamerani yig'ishtirmaslik holatini ham koloniya ma'muriyatidagilar isbot qila olishmagan. Uxlash uchun beriladigan buyruqdan oldin karavotga o'tirishi mahbusning tungi hordiq uchun hozirlik ko'rishidan dalolatdir. Bu ham qonunga xilof emas…
Eslatib o'tamiz, Sulim Bitayev banditizm, terakt, huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimi hayotiga jiddiy xavf solganlik va yonida noqonuniy tarzda sovuq qurol saqlaganlikda ayblanib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni u intizom kuchaytirilgan koloniyada o'tamoqda.
Yana bir mahbus Eldor Dadinning aytishiga ko'ra, Krasnoyarsk turmasida musulmonlarga namoz o'qishga haqiqatan ruxsat berishmaydi. Bu ham yetmagandek, cho'chqa go'shti berishadi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|