22 yoshli Sherzod Usmonov bezorilikda ayblanib qamalgan. Hozir Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 43- koloniyada jazo muddatini o'tamoqda. U koloniya nazoratchilarini o'ziga nisbatan shafqatsiz qiynoq usullarini qo'llashda aybladi.
Do'sti uchun qoldirgan videomurojaatida shu haqda batafsil aytib o'tgan. Ichki ishlar vazirligi vakillaridan birining aytishicha, hozirda Sherzod Usmonovning videomurojaati bo'yicha koloniyada tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Sherzodning tan olib aytishicha, ilgari ham koloniya nazoratchilarining qiynoqlaridan bezib bir necha marta joniga qasd qilishga urinib ko'rgan. Lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu safar ham yana o'sha qiynoqlar tufayli qo'l tomiri hamda qorin qismini kesib tashlabdi.
— Sherzod ozodlikda kim bilandir mushtlashib qolgan va uni bezorilikda ayblab, 277- moddaga asosan qamashgan, — deydi Sherzodning do'sti. — Juma kuni turma xodimlari uni qattiq kaltaklashibdi. Jonidan o'tib o'zini o'ldirishga shaylanibdi.
Toshkentlik huquqshunos Odilbek Rahimberdiyev aytdiki, O'zbekistondagi turmalarda nazoratchilar aristonlarni qiynab, joniga qasd qilishga majbur etish holatlari ko'p uchraydi.
— Odatda aristonlar bu qiynoqlarga bardosh qilishadi, — deydi huquqshunos. — Qiynoqlar jonidan o'tgach, o'zini o'ldirish payiga tushishadi. Sherzod Usmonovni qiynagan, kaltaklagan turma xodimlarini respublika jinoyat majmuasining 103- moddasiga asosan javobgarlikka tortish kerak. Shu narsani alohida ta'kidlash lozimki, turma xodimlari aristonni qiynab qo'lga tushsa, turli yo'llar bilan vaziyatdan chiqib ketadi. Ko'pincha aristonning o'zini tuhmat uyushtirganlikda ayblashdan ham tap tortishmaydi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|