![](/_nw/16/54586059.jpg)
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov O'zbekiston telekanallari faoliyatining ayrim jihatlarini tanqid qiluvchi post qoldirgan edi.
Xususan, Allamjonov telekanallarda namoyish etilayotgan turk seriallari ustidan kelib tushayotgan shikoyatlar soni 5 baravar ortganini hamda nodavlat telekanallarda lotereya orqali sifatsiz mahsulotlarni targ'ib qilish avj olgani haqida gapirgan edi.
Qisqa vaqt ichida ushbu xabar ostida yuzlab izohlar va fikrlar paydo bo'ldi. Ularning aksariyati Allamjonovning tanqidini qo'llab-quvvatlashdi. Quyida ushbu postlardan eng e'tiborga loyiqlarini keltirib o'tamiz:
"Turk seriallarini atayin kuzatdim va ularda biror marta oilaning muqaddas tushuncha ekanligi, oilada er-xotin bir-biriga xiyonat qilishi kechirilmas gunoh ekanligini, qurol ko'tarib yurish jinoyat ekanligini, qiz bolaning ibo-hayosi, ota-onasi, aka-ukasining oldida «sevgi o'yinlarini o'ynashi» uyat ekanligini targ'ib etuvchi birorta ham lavha ko'rmadim! Otadi, chopadi, so'kadi – hammasi bir-birining xotini bilan yuradi!!! Bu qanaqa ma'naviyat? – deb yozgan Diyorbek Rayimjonov. – Yana bir gap, rivojlangan davlatlar xech qachon serial ko'rib taraqqiyotga erishmagan! Biz ham iqtisodiy jihatdan oldimizga ko'ygan maqsadlarimizga erishib olaylik, keyin bemalol, Afrikaning seriallarini ko'rib o'tirsak, yarashaveradi«.
Foydalanuvchilar, shuningdek, faqat turk seriallari emas, balki, boshqa davlatlar seriallarini ham namoyish qilish kerakligini, O'zbekistonda suratga olinayotgan seriallarning sifati va saviyasini oshirish kerakligini ham ta'kidlashmoqda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|