![](/_nw/27/63948072.jpg)
O'zbekistonliklar anonim tarzda poytaxtdagi korrupsiyaga ko'proq moyil bo'lgan OTMni aniqlab, Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish narxini aytishdi. Bu haqda «Uznews.uz» xabar qildi.
Qoshni mahalla Telegram-kanalida ikkita anonim so'rov o'tkazildi, ularda 50 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.
Birinchi so'rovda obunachilardan qaysi OTM korrupsiyaga ko'proq moyil ekanligini aniqlash talab qilingan. Berilgan ovozlar natijasiga ko'ra, birinchi qatorni Toshkent davlat yuridik universiteti egalladi. Mazkur OTMga 10 745 nafar yoki ishtirokchilarning 31 foizi ovoz bergan. Ikkinchi o'rinni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (20 foiz), uchinchi o'rinni esa O'zbekiston Milliy universiteti (12 foiz) egallagan.
21 mingdan ortiq odam ishtirok etgan ikkinchi so'rov OTMga o'qishga kirishda qancha pora berilgani haqida bo'lgan. Ushbu so'rovning top-3taligi quyidagi ko'rinishda:
42 foiz – men o'qishga kirishda pul bermaganman, ammo, pul yordamida o'qishga kirish mumkinligiga ishonaman;
30 foiz – men o'z bilimim yordamida o'qishga kirganman;
9 foiz – $2000-4000.
Qayd etish joiz, ikkinchi so'rovda ishtirok etgan 6 224 kishi (28,7 foiz) OTMga o'qishga kirishda pul berganlarini tan olishgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|