TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Toshkent metrosida yo'lovchi rels ustiga qulab tushdi
Kecha, 26 iyun kuni Toshkent metropolitenining «O'zbekiston» bekatida yo'lovchi temir yo'l relsi ustiga yiqilib tushdi. Bu haqda UzNews muxbiri xabar berib o'tgan.
Hodisa tahminan 17:00 da ro'y bergan. Oqibatda poezdlar harakati vaqtincha to'xtatildi.Rels ustiga yiqilgan odam yengil jarohat olgan, uning hayotiga hech qanday xavf yo'q. Vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlari o'tkazilmoqda. shuningdek, bugun, 27 iyun kuni soat 9:20 larda «Beruniy» metro bekatida ko'ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar beradi «O'zbekiston temir yo'llari» AJ matbuot xizmati.
«Metro bekatida platformaning chetida turgan 1991 yilda tug'ilgan Sh.D temir yo'l izlariga tushib ketgan. Stansiya xodimlari unga birinchi yordam ko'rsatdi. Yo'lovchi jarohat olmagan va u o'zini metroga tushgan chog'ida noxush sezganligini va metropoliten xodimlariga hech qanday e'tirozi yo'qligini ta'kidladi»— deyiladi xabarda.
Mazkur holat metropoliten poezdlarining harakat jadvaliga tasir ko'rsatmagan.