Toshkent metropoliteni O'zbekiston davlat filarmoniyasi bilan hamkorlikda yerosti yo'lida mumtoz musiqalarning noyob konsertini taqdim etadi. "Yosh iste'dodlar” kamer orkestri ushbu konsertni qo'yib beradi. ;СГЕ; Ushbu madaniy voqea 4 avgust kuni nishonlanadigan Temiryo'lchilar kuni munosabati bilan tashkil etiladi. Tadbir 2 avgust kuni "Alisher Navoiy” va "Paxtakor” bekatlari kesishmasida o'tkaziladi.
Unda Manas Leviyevning "Oq lolalar valsi”, Mutal Burxonovning "Maftuningman”, Iogann Shtrausning "Radeskiy marshi”, Yuber Jironing "Parij osmoni ostida”, Nino Rotaning "Cho'qintirgan ota”, Aleksandar Ribakning "Ertak”, Iogann Bramsning "5-raqamli venger raqsi”, F.Bravo va D.Konsolining "Yamayka”, De Abreuning "Tiko-tiko”, Glenn Millerning "Kayfiyatda”, Astor Pyasollaning "Xayr, Parij”, "Ayol ifori” filmidan "Tango”, Andrea Bochellining Con Te Partiro musiqalari, "Rissada qolish” jaz pyesasi, "Karib dengizi qaroqchilari” kinokartinasi saundtreklari, Maykl Jekson repertuaridan qo'shiqlar yangraydi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|