TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Amerikaning WeAreTheMighty portali hozirgi kundagi eng tez harakatlanuvchi harbiy havo kemalarining beshtaligini e’lon qilgan. Ulardan ikkitasi AQSh mahsuloti bo‘lsa, uchtasi sobiq SSSRda ishlab chiqila boshlagan samolyotlardir.
Ro‘yxatning yetakchisi – uchuvchisiz Boeing X-37 havo kemasi bo‘lib, AQSh hukumati uning xususiyatlarini qattiq sir tutib keladi. Ma’lum qilinishicha, u hatto tovush tezligidan ham 16 karra tezroq ucha oladi!
Ikkinchi o‘rinni sobiq sho‘ro harbiylari ishlab chiqqan MiG-25 samolyoti band etgan. Uning uchish tezligi soatiga 3916,8 kilometrga yetadi.
Uchinchi pog‘onani egallagan AQSh qiruvchi-bombardiri F-15E Strike Eagle ham ancha eski model – uni 1986 yili ishlab chiqishgan. Mazkur samolyot 3060 km/soat tezlikda harakatlana oladi.
Reytingdagi to‘rtinchi qatordan yana o‘sha SSSRning qiruvchi-tutuvchi MiG-31 harbiy samolyoti joy olgan. Nisbatan kichikroq balandlikdagi parvozida u 1500 km/soat, yuqori balandlikda esa 3400 km/soatlik tezlikka erisha oladi.
Oxirgi o‘rinni esa og‘ir qiruvchi – Su-27 samolyoti egallagan. 11 kilometrlik balandlikda uning tezligi 2500 km/soatga yetadi.