Kaspersky Lab kompaniyasi FinSpy josus dasturining yangi versiyasini aniqladi. U deyarli barcha foydalanuvchilar harakatlari, xususan himoyalangan messendjerlardagi oddiy va maxfiy chatlardagi yozishmalarni kuzatishi mumkin.
"Endi bu dastur Telegram, WhatsApp, Signal va Threema messendjerlaridan ham ma'lumotlarni yig'ishi mumkin”, – deyilgan kompaniya xabarida.
FinSpy ko'pincha josuslik maqsadlarida foydalaniladi. Bu dastur smartfon yoki planshetda foydalanuvchi haqida, jumladan uning aloqalari, SMS xabarlari, GPS joylashuvi, foto-suratlar, saqlangan fayllar, tovushli xabarlar singari turli ma'lumotlarini yig'ishi mumkin.
Mutaxassislar ma'lum qilishicha, har bir dastur aniq bir odam yoki guruhga moslashtirilishi mumkin.
FinSpy mualliflari yangi himoyalanish usullarini diqqat bilan kuzatib borib, dasturga tezkorlik bilan o'zgartirish kiritishmoqda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|