TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Tayson Fyuri: «Uni endi hech kim yaxshi ko'rmaydi, sababi u baqaloqqa yutqazib qo'ydi»
Professional boksning og'ir vazn toifasida WBO Inter-Continental kamari sohibi Tayson Fyuri (28-0-1, 20 KO) Entoni Joshuaning (22-1, 21 KO) sensatsion tarzda Endi Ruisga (33-1, 22 KO) yutqazganidan so'ng, u ko'plab muxlislarini yo'qotgani haqida fikr bildirdi.
"Insonlarga mag'lubiyatga uchragan bokschilar qiziq emas. Biz buni Joshua hamda Ruis jangidan so'ng ko'rdik. Joshua o'tib bo'lmas to'siq edi, lekin, keyin uni mag'lubiyatga uchratishdi. Endi esa uni yaxshi ko'rishmaydi, sababi u baqaloqqa yutqazib qo'ydi. Endi barcha Joshuani «bu o'sha kichkina baqaloqqa yutqazgan yigit», deb esga oladi. Pufak yorilib ketdi. Bizning dunyomiz shunaqa. Barcha g'oliblarni xush ko'radi”, deya qayd etgan Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri o'zining navbatdagi jangini joriy yilning, 14 sentyabrida norvegiyalik Otto Uallinga (20-0, 13 KO) qarshi o'tkazadi.
Joshua – Ruis o'rtasidagi revansh to'qnashuvi esa 7 dekabrda o'tkaziladi.