![](/_nw/29/49459780.jpg)
Bugungi kunda internet tarmog'idan foydalanmaydigan kishilar juda kam bo'lsa kerak. Biz har kuni tarmoqlar orqali davlatimizda va jahonda ro'y berayotgan yangiliklardan, jamiyatimizda bo'layotgan islohotlar hamda yuzaga kelayotgan muammolardan shu ondayoq xabar topmoqdamiz. Bu, juda yaxshi, albatta.
Ammo ba'zida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim gap-so'zlarni o'qib o'ylanib qoladi kishi.
Yaqinda internet orqali bir guruh shaxslarning sudyalardan norozi bo'lgani aks ettirilgan lavhani ko'rib juda ta'sirlandim. Bu lavhalarni ko'rgan inson, albatta, sud haqidagi tasavvuri o'zgaradi, uni adolatsiz tuzilma, deb ishona boshlaydi.
So'ngi yillarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbuslari bilan sud-huquq tizimida bir qancha o'zgarishlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etib kelmoqda. Sudyalarni tanlash va tayinlashning yangicha tizimi joriy qilindi, sudlarning ochiqligi va shaffofligi kundan-kunga ortib bormoqda.
To'g'ri, guruch kurmaksiz bo'lmaydi, sudyalar ichida ham noxolislari bo'lishi mumkin. Lekin birgina sudyaning chiqargan noto'g'ri qarori bilan butun sud tizimiga baho berish to'g'ri emas. Agar sudya noto'g'ri qaror chiqargan bo'lsa uni bekor qilishning qonuniy yo'llari ham bor-ku.
Ko'pincha odam o'zining manfaatiga zid chiqarilgan har qanday qarordan norozi bo'lishi tabiiy hol. Ammo biz xohlaydigan ish qonunga zid bo'lishi mumkinligini bir o'ylab ko'rib, fikr qilsak yaxshi bo'lar edi.
Mening ham yaqindagina sudga ishim tushdi. Lekin buni qarangki sud tomonidan mening oilaviy sharoitim inobatga olinib, insonparvarlik tamoyiliga asoslanib, yana bir imkon berildi. Bu sudning adolati emasmi?!
Birgina men emas, suddan adolat topib ketgan, ulardan rozi bo'lib ketganlar qanchadan-qancha. Doim tanganing ikkinchi tomoni borligini unutmang. Manfaatimizga zid chiqarilgan qarordan norozi bo'lishdan oldin uni qonunga solishtirishni ham o'rganaylik. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|