Qonunda qurolni va uning o'q-dorilarini olish huquqiga ega bo'lgan sub'yektlar toifasi belgilangan bo'lib, ularga – maxsus organlar va harbiy tuzilmalar, maxsus xizmat vazifalariga ega bo'lgan, qurol ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar, qurolni kolleksiyalash yoki ko'rgazmaga qo'yish bilan shug'ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ana shu ro'yxatga kiradi. Fuqaroviy qurollarni sotib olish uchun ruxsatnoma Milliy gvardiya tomonidan 3 oy muddatga beriladi. Bunda sport qurollari va o'zini-o'zi himoya qilish qurollarini sotib olish huquqiga 18 yoshdan oshgan, fuqaroviy ov qurollari va ularning o'q-dorilarini sotib olish huquqiga esa 21 yoshdan oshgan fuqarolar ega bo'ladi. Fuqaroviy qurolga ega bo'lish uchun shartlar belgilangan bo'lib, istagan kishi uni sotib olishi va foydalanishi mumkin emas. Shuningdek, birovning nomiga olingan ruxsatnoma bilan boshqa odam qurol yoki o'q-dorilarni sotib ololmaydi. Sotib olingan qurollar esa Milliy gvardiya organlarida 10 kun muddat ichida ro'yxatga olinadi va shundan so'ng fuqaroga uni saqlash va olib yurishga ijozat beriladi.
Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning o'q-dorilarini olib yurish va qo'llash huquqini bermaydi. Qurolni olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning o'q-dorilarini olib yurish va qo'llash huquqini bermaydi. Ruxsatnoma olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyi bo'yicha Milliy gvardiya organiga quyidagilarni taqdim etishi shart: – ariza; – shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport); – quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oid bilimi tekshiruvdan o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatlar; – qurolga egalik qilishga qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligi to'g'risidagi tibbiy xulosa; – yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat; – ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun); – ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli ov o'qotar qurolini, shuningdek og'iz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq bo'lgan pnevmatik ov qurolini olish uchun); – otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun). Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|