TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Bundan bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarda va odamlar orasida o'zbekistonlik taniqli tadbirkor, "Murad buildings” qurilish shirkati ta'sischisi Murod Nazarov tergov qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oradan 10-15 kun o'tib uning xalq tilida «Toshturma» deb ataluvchi 1-sonli tergov izolyatorida saqlanayotgani bilan bog'liq xabar ham tarqaldi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida "Murad buildings” qurilish shirkati ta'sischisi Murod Nazarov bilan bog'lanilgan. Nazarov tarqalgan mish-mishlardan xabardor ekanini aytarkan, ularni tabassum bilan qabul qilganini urg'uladi.
«Odamlarga hayronman. O'zi biror gapni o'ylab topadi, yana o'zi o'sha gapga ishonadi. Men ishimni davom ettiryapman, ayni vaqtda juda katta loyihalar ustida ishlayapmiz. Men nima ish qilibmanki, tergovga tortilsam. Ayni vaqtda Rossiyadagi Skolkovo biznes maktabida o'qiyapman. Toshkentda ishimiz ko'p, juda katta loyiha ustida ishlayapmiz», deydi Murod Nazarov.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning ma'lum qilishicha, hozirda Bosh prokuraturada Murod Nazarov va "Murad buildings” shirkatiga nisbatan jinoiy ta'qib mavjud emas.