Surxondaryo viloyati Denov shahar, "Quyoshli yurt” mahallasi, Jannatmakon ko'chasida yashagan, millati lo'li bo'lgan, 1987 yilda tug'ilgan fuqaro Sh.O., O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 3-qismi "b” bandi, 244,1-moddasi 3-qismi "g” bandi va 244,2-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, unga nisbatan 1-19-1902/16-sonli jinoyat ishi yuritildi va u o'ziga nisbatan bo'lgan ayblov xulosasi nusxasini 2019 yil 19 iyul kuni oldi.
Ma'lum qilinishicha, Sh.O. yetti yil davomida Rossiyaning Tambov shahriga borib, "Islom-jihodchilari” diniy ekstremistik oqimi a'zolari ta'siriga tushib, ushbu oqim g'oyalarini qo'llab-quvvatlab, jamoatning xufiyona yig'ilishlarida ishtirok etib kelgan.
Shuningdek, Sh.O. o'zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, iyun-iyul oylarida Toshkent shahri "Qo'yliq” dehqon bozorida poliz ekinlari sotish bilan shug'ullanuvchi T.S. bilan tanishib, u bilan birgalikda ushbu hududda "Islom jihodchilari” diniy ekstremistik oqimning xufiyona yig'ilishlarini tashkil qilib, unda ishtirok etib, T.S.ga Davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof ravishda o'zgartirishga xizmat qiladigan diniy ekstremistik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan xalqaro terrorchi tashkilotlar va guruhlar tomonidan tayyorlangan audio va video materiallarni eshittirish va namoyish qilish yo'li bilan tarqatib, kelajakda u bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasidan "Hijrat” tartibida chiqib ketib, Suriya hududiga terrorchilik tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan "jihod” nomi bilan niqoblangan jangovar qo'poruvchilik harakatlarida ishtirok etishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Sh.O. Rossiyadan o'zining doimiy yashash manziliga qaytib kelib, "islom-jihodchilar” oqimining a'zolari safini kengaytirish maqsadida, tanishi M.Sh.ning nomiga rasmiylashtirilgan 9.-5..-1427 raqamidan foydalanib, "Telegramm” va "Odnoklassniki.ru” saytlari orqali "Musa”, "Abu”, Amina”, "Abdullo”, "Abdurahmon”, "Mustafo Ansoriy” nomli profil foydalanuvchilarining yordami bilan O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib, Suriya hududida mahalliy hukumatga qarshi jangovar harakatlar olib borayotgan "Tahvid va jihod kotibasi” terrorchilik guruhi tarkibiga borib qo'shilishni rejalashtirgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Sh.O.ning noqonuniy ishlari fosh etilgan. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|