TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Suriyada birorta o'zbek qolmaydi, hammasi vataniga qaytadi (video)
Suriyada birorta o'zbekistonlik qolmaydi, hammasi vataniga qaytariladi. Bu haqda O'zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli Alisher Salomov ma'lum qilgan.
«Yurtboshimiz tashabbusi bilan 46 ayol va 101 bolamiz urush bo'layotgan Suriyadan vatanimizga qaytarilayapti. Barcha vatandoshlarimiz o'z xohishi bilan qaytmoqda. Bu amaliyot yana davom etadi, oxirgi o'zbekistonlik fuqarogacha hammasini O'zbekistonga qaytarishga tayyormiz», – degan konsul.
Konsulning aytishicha, repatriatsiya Suriyaning tegishli idoralari va Xalqaro qizil xoch jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
30 may kuni O'zbekistonning 156 nafar fuqarosi, asosan ayollar va bolalar Suriyadan Toshkent shahriga olib kelingandi. Ilgari bu kabi voqea mamlakat tarixida kuzatilmagan, xorijdagi jangarilar yoki ularning oilalari, farzandlari masalasida rasmiylar sukut saqlab kelgan.
Bu nega muhim: 2019 yilda Qozog'iston va Tojikiston Suriya, Iroqdan o'z fuqarolarini olib kelgan. Qo'shni Qirg'iziston bu bo'yicha harakatni allaqachon boshlab yuborgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra Qirg'iziston va Qozog'istondan Suriyaga ketganlarning soni 800-850, tojikistonliklarniki esa 1900 ta. O'zbekiston esa shu paytgacha jim edi.
O'zi nima gap?
Suriyadagi harbiy amaliyotlar oqibatida minglab inson, asosan ayollar va yosh bolalar boshpanasiz qolib, maxsus lagerlarga ko'chirilmoqda. Jangari guruh a'zolari – erkaklar esa harbiylar tarafidan asir olinmoqda.
2018 yil o'rtalarida Suriya, Iroq hukumatlari va AQSh tarafidan qo'llanuvchi «Suriya demokratik kuchlari» maxsus bayonot bilan chiqqan. Guruh xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, o'z hududida asir olingan va maxsus lagerlarda saqlanayotgan jangari guruhlarning xorijiy a'zolarini vatanlariga yuborishi mumkinligi haqida aytgan.
Bu bayonotga javoban Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo'lib Qozog'iston Suriya va Iroqdagi fuqarolarini ortga qaytarish amaliyotini boshlagan.
Qozog'iston ekstremizm va terrorizmning oldini olish, Suriya va Iroqdan o'z fuqarolarini olib kelish dasturini amalga oshirish uchun qariyb 1 mlrd. dollar ajratgan.
14 may kuni Suriyadagi jangari guruhlarga qo'shilib, keyinchalik asirga tushgan qirg'izistonliklarning yaqinlari ularni vatanga olib kelishga yordam berishni so'rab prezident Sooronbay Jeenbekovga murojat qilishgan. Ular Suriyaga ketganlarni Qirg'izistonga olib kelib, afv qilib, ruhiy va ijtimoiy realibitatsiya qilish zarur ekanini aytgan.
O'zbekiston va Turkmanistondan IShID jangari guruhi safiga qo'shilgan insonlar borasida qarama-qarshi ma'lumotlar mavjud. Ayrim xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida yaqin-yaqingacha IShID safida jang qilgan markaziy osiyolik jangarilarning aksariyati o'zbeklar ekani aytib kelingan.
Orada Yaqin Sharqdagi o'zbekistonlik jangarilarning soni 1500 ekanini aytgan xalqaro tadqiqot markazlari ham bo'lgan. Har ikkala davlat ham hozirgacha o'z fuqarolarini Suriya va Iroqdan olib kelish bo'yicha pozitsiyalarini bildirmayotgan edi.
Ularning taqdiri endi nima bo'ladi?
Prezident matbuot xizmati xabariga ko'ra aldov oqibatida o'zga yurtga borib qolgan va bugun yurtiga qaytgan bu insonlarga hukumat tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatadi.
Tinch hayotga, jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta'minlanadi.