TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Ichki ishlar organlariga 28 yoshli Ruzmat A. murojaat qildi. Uning ma'lum qilishicha, 8 may kuni taxminan soat 21.00 da dorixonadan chiqayotganida uning yoniga ikki nafar yosh yigitlar kelgan va ulardan biri o'zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib guvohnomasini ko'rsatgan. Keyin ma'lum bo'lishicha, guvohnoma qalbaki bo'lgan. Ruzmat A.ni psixotrop vosita xarid qilganlikda ayblab, qamoqqa olish bilan qo'rqitgan. O'zini Mirali deb tanishtirgan noma'lum shaxs Ruzmatdan "ishni tinchitish” uchun 1500 AQSh dollari talab qilgan. Ruzmat A.unga 500 AQSh dollari bergan.
Tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida IIBB xodimlari tomonidan vaqtinchalik ishsiz Mirali T. qo'lga olindi. Ushbu fakt bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi ("Tovlamachilik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Hozirgi vaqtda Mirzo-Ulug'bek tumani IIO FMB tergov ishlarini olib bormoqda.