![](/_nw/18/29583138.jpg)
Avval xabar berganimizdek, TATU talabasi Asilbek Sharobiddinov ta'til vaqtida o'z uyida o'ldirib ketilgan. 2019 yil 3 iyul kuni Sirdaryo viloyat prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog'i tomonidan quyidagi ma'lumot berildi:
2019 yilning 28 iyun kuni soat 08:45 larda Guliston shahar, Obod-Yurt mahallasi, 35-uy, 3-xonadonda 1997 yil 3 noyabr kuni tug'ilgan fuqaro Sh.A.O o'g'lining murdasi o'tkir tig'li jism bilan tanasining bo'yin, qo'l, old va orqa ko'krak qafasi sohalariga ko'plab sanchib teshib kirgan jarohatlar bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokurori tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi "j” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, 2001 yil 30 sentyabr kuni tug'ilgan Guliston shahar, 3-mavze, Obod-yurt mahallasi, 35-uy 3-xonadonda yashab kelgan R.G.O. qizi 2019 yil 28 iyun kuni tungi soat 03:00 da yashash xonadonining balkonida akasi 1997 yilda tug'ilgan Sh.A.O. o'g'li bilan kelib chiqqan o'zaro kelishmovchilik negizida stol ustida turgan oshxona pichog'i bilan uni badaniga bir necha marta urib, o'ldirganligi aniqlandi.
Fuqaro G.R. qonunda belgilangan tartibda gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan bo'lib, unga nisbatan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|