TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Shimoliy Amerika mintaqasiga jiddiy xavf bostirib kelyapti
Kanada va AQSh olimlari Shimoliy Amerika mintaqasiga jiddiy xavf bostirib kelayotganligi to'g'risida tahlikali xulosani taqdim etishdi.
Biolog olimlar tomonidan olib borilgan kuzatuvlar yakuniga ko'ra, tez orada ikki mamlakatning g'arbiy sohillariga Sibir o'rmonlaridagi qayrag'ochlarda yashaydigan kuyasimon hasharotlar bostirib kelishi kutilmoqda.
Xavfli tomoni ushbu hasharotlar qayrag'ochdan faqat oshyon sifatida foydalanmaydi, balki uni ichidan yeb bitiradi. Yanada xatarli tomoni esa ularning "mechkay ishtahasi” boshqa daraxtlarni ham chetlab o'tmaydi.
Shu sababli, ekspertlar "sibirlik”larning ommaviy ko'chirib o'tishi Amerika qit'asi ekotizimi uchun chinakam falokatga aylanishini taxmin qilishmoqda.
Sibir kuyasi juda tez ko'payadi va zaharli kimyoviy dorilarga nisbatan hayratlanarli darajada chidamliligi bilan ajralib turadi.