![](/_nw/79/30260398.jpg)
San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 25-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
25-may kuni O‘zbekistondagi barcha maktablarda onlayn darslar o‘z nihoyasiga yetdi. Karantin tufayli maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq ovozi yangramagan bo‘lsa-da, bu kun barcha maktab o‘quvchilari, ayniqsa bitiruvchilar uchun juda muhim.
"Setora” guruhi bitiruvchilarni tabriklab, so‘nggi qo‘ng‘iroq ramziga aylangan qo‘shiqlarini ularga sovg‘a qildi.
Aktrisa Feruza Normatova ham o‘quvchilarni unutilmas sana bilan qutladi.
Dilso‘z maktab davrida tushgan surati bilan bo‘lishib, folloverlaridan o‘zini topishni so‘radi.
Nigora ham maktab davrlarini esladi.
AQShda yashovchi aktrisa Gulchehra Eshonqulova muxlislariga ko‘rinish berdi.
Shahzoda Muhammedova Hayit kuni tug‘ilib o‘sgan xonadoniga qizalog‘i bilan mehmon bo‘lib bordi.
Taniqli hind aktyorlari niqob taqishni targ‘ib qilmoqda.
Shohrux Xon onasi Zebo Navro‘zovaga gul sovg‘a qildi.
Ziyoda volidasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Shahzoda Matchonova o‘rangan obrazda tushgan suratini sahifasiga joylashtirdi. Aktrisaning folloverlari undan "Hijobga kirdingizmi?” deb so‘radi. Shahzoda obraz shunchaki fotosessiya uchun yaratilganini aytdi.
25-may kuni hindistonlik taniqli kinorejissor Karan Johar tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Munisa Rizayevaga shaxsini oshkor qilishni istamagan muxlisi sevgi izhorini yo‘lladi. Dil izhori turkmanistonlik boshlovchi Davlet Annageldiyev tomonidan o‘qib berildi.
Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|