Tozalik, sarishtalik, obodlik. Bu masalada mas'ullar ko'p. Bu avvalo har bir fuqaroning vijdon ishi va kundalik amali bo'lishi muhim. Mazkur masalada javobgar xizmatlarga to'xtaladigan bo'lsak, O'zbekiston davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasi hamda uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, "Maxsustrans IChB”, Obodonlashtirish boshqarmalari o'z yo'nalishida ozodalikni ta'minlashga xizmat qilishadi.
Maqolamiz orqali "Maxsustrans IChB” faoliyati bugungi kun talabiga qay darajada javob berishi borasida mulohaza yuritamiz.
Bugungi kunda shahrimizda to'planadigan umumiy chiqindilarning 67 foizi "Maxsustrans IChB” xizmati, qolgan 33 foizi esa muqobil kompaniyalar tomonidan yig'iladi, poytaxtimizdagi 3ta chiqindilarni qayta yuklash shoxobchalarida to'plananadi va katta yuk mashinalariga ortilib, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan chiqindi yig'ish poligoniga olib chiqib tashlanadi. Tahlillarga ko'ra, yaqin yillargacha, bu xizmat ma'nan eskirgan texnikalardan foydalarnardi. Chinqindilarni to'plovchi qutilar ham deyarli yaroqsiz holga kelgandi. Hukumat darajasida qaratilgan e'tibor, qolaversa, Osiyo taraqqiyot bankining 69 mln. dollar miqdoridagi krediti asosida "Maxsustrans IChB” uchun eng zamonaviy "Huyndai” rusumli 183 ta mashina xarid qilindi, bundan tashqari 5000 dona 770 hamda 8500 dona 1100 litr hajmdagi chiqindi yig'ish qutilari olindi. Bu bilan nima o'zgardi dersiz? O'zgarish shuki, agar avvallari chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqib ketish uchun texnika yetishmasligi kuzatilsa, hozir mavjud bazaning 40 foizi zahira hisoblanadi. Kuniga o'rtacha 240-260 ta mashina xizmatga chiqadi. Bundan tashqari zarurat tug'ilganda zahiradagi avtoulovlar ham chiqindilarni yig'ib, belgilangan manzilga olib boradi. Hisob-kitoblarga ko'ra, har kuni poytaxtimizdan o'rtacha 1800-2000 tonna chiqindi olib chiqib ketiladi. Mutaxassislar bu ko'rsatkich yiliga 5-7 foizga ortib borayotganligini ta'kidlashmoqda.
Bugungi kunda shahrimizda mavjud 1000 ga yaqin qo'riqlanadigan chiqindi yig'ish maydonlarining 525 tasi "Maxsustrans IChB” balansida. Hozirda ularning 362 tasi qayta qurildi, 139 tasi rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari barcha mahallalarning talabidan kelib chiqqan holda 136 ta chiqindi yig'ish modullari tashkil qilingan. Joriy yilda o'tkazilgan o'rganishlar xulosasiga ko'ra esa yana 200 ta nuqtaga qo'shimcha konteynerlar o'rnatildi.
ChIQINDILARNI SARALASh
Chiqindilarni saralash biz uchun yangilik emas. Aholi ham bir necha yillardan buyon shunga targ'ib qilib kelinadi. Sababi esa oddiy avvalo yuz yillar o'tsada chirimaydigan plastik chiqindilarni qayta ishlashga yo'naltirish orqali ularning atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish, ikkinchi jihatdan esa daromad olish. Shuningdek, yog'och, oyna va boshqa turdagi chiqindilarni qayta ishlash orqali ham, ehtiyojimiz uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, qolaversa, foyda ko'rish mumkin. To'g'ri hozir yurtimizda chiqindilarni qayta ishlash korxonalari juda kam. Ammo bu borada katta rejamiz bor va shu yo'nalishdagi ishlar natijasida 2028 yilga qadar chiqindilarning 60 foizini qayta ishlash imkoniyati va sharoitiga ega bo'lamiz. Ayni kunda chiqindilar qo'riqlanadigan chiqindi yig'ish maydonlarida hamda Yakkasaroy tumanidagi chiqindilarni qayta yuklash shoxobchasida saralanmoqda.
Yakkasaroy tumanidagi chiqindilarni qayta yuklash shoxobchasida chiqindilarni saralash "Ekovord” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lib, uning 70ga yaqin ishchilariga shu yerning o'zida turar joy tashkil etilgan. Ular hozirda shisha, plastik, yog'och, qog'oz singari 8 turdagi chiqindilarni saralab, qayta ishlashga yo'naltirishmoqda. Keyinchalik bunday amaliyot Yunusobod va Yashnobod tumanida joylashgan chiqindilarni qayta yuklash shoxobchalarida ham yo'lga qo'yiladi.
OHANGARON ChIQINDI POLIGONI
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi chiqindi poligoniga o'tgan asrning 60 yillaridan boshlab chiqindilar tashlanadi. 59 gektar maydonni egallagan mazkur poligon hududining hozir qariyib 99 foizi chiqindilar bilan to'lgan. Turli chiqindilarning aralashuvi, kimyoviy reaksiyalari natijasida bu yerda yong'in kuzatilishi ehtimoli katta. Shu bois mutaxassislar muntazam ravishda chinqindilar ustidan tuproq yotqizib, zichlab va belgilangan boshqa maxsus tadbirlarni bajarib, turli xavflarning oldini olish choralarini ko'rishadi. Ko'pchilikda chiqindilarning ko'milishi yer osti suvlari va havoga ta'sir ko'rsatmaydimi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Mutasaddilarning so'zlariga ko'ra, yer osti suvlari va atrofdagi havo har uch oyda tekshiriladi hamda hozirgacha salbiy holat kuzatilmagan.
Chiqindi poligonida gaz hosil bo'lishi tabiiy holat. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bilan Janubiy Koreyaning "SIJIN” kompaniyasi o'rtasida mazkur poligonda hosil bo'layotgan gazni qayta ishlab, foydali maqsadlarga yo'naltirish bo'yicha memorandum imzolangan bo'lib, yaqin kunlarda ushbu hududda metan gazidan elektr energiyasini olish loyihasi ishga tushiriladi. Bundan tashqari ushbu poligonning orqa tomonidan yana 30 gektar joy ajratilgan bo'lib, bu poligon yopilganida chiqindilar o'sha joyga yig'iladi.
Agar yaqin orada chiqindilarni saralash ishlari jadallashishi, qayta ishlash hajmi ortishini inobatga olsak, bunday katta poligonlarga ehtiyoj hamda chiqindilarning atrof muhitga salbiy ta'siri tobora kamayadi.
Hayot davom etar ekan, chiqindilar hosil bo'lishini to'xtatib bo'lmaydi, ammo ularni saralash va belgilangan joylash tashlash hammamizning qo'limizdan keladi. Biz shu orqali ham shahrimizning ozodaligiga hissa qo'shishimiz mumkin. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|