Sevgi hech qachon qarimaydi. Kiprik to’kilishi, soch oqarishi, yonoqlardan nur ketib, ajin tushishi mumkin, ammo sevgan qalb hech qachon qishning ayozli kunlarini his qilmaydi. Unda hamon yozning tafti ufurib turgan bo’ladi.
Leonardo da Vinchi©.
Uyda ham, bag’ringda ham, hayolingda ham bitta odam bo’lsa- ana shu haqiqiy baxtdir.
Yolg’izlik sevishni o’rgatsa, ayriliq- qadrlashni o’rgatadi.
Oila qurish uchun sevgining o’zi kifoya. Uni asrab qolish uchun esa sabr va bardosh kerak.
Ayol iliq munosabatlar bilan o’ralgan bo’lsa, unga hech qanday sovuq ta’sir qilmaydi.
Hayotdan nolishdan avval – bevaqt uni tark etganlar haqida o’ylang. Eringizdan shikoyat qilishdan oldin – qancha qizlar turmushga chiqishni orzu qilayotganliklari haqida o’ylang. Bebosh farzandingizdan xafa bo’lishdan oldin – farzandsizlikdan qiynalayotganlar haqida o’ylang.
Men tanlagan erkak menga otamdek mehr ko’rsatishi, do’stimdek tushunishi va akamdek himoya qilishi kerak.
Agar juftingiz sizdan kechirim so’rayotgan bo’lsa, u sizning haqligingizdan emas, uning munosabatlaringizni qadrlashidan dalolatdir.
Ayol baxti – g’amxo’r erkak bag’rida erka ayol bo’lishdir.
Erkak ayolini erkalasa – u quvonadi. Sevaman desa – mehrini beradi. Befarq bo’lsa, ayol ham muzlaydi. Ha, ayollar ana shunday – munosabatga qarab javob qaytaradilar.
Juftingizning ko’zlaridan yoshlar chiqsa gar – u faqat quvonch yoshlari bo’lsin.
Ehtiyot bo’ling, qanotlari qayrilgan ayol jodugarga aylanishi mumkin. "Malefisenta” filmi bunga yaqqol dalil.
Mayli sen haqdirsan. Lekin bundan ayoling yig’lasa, undan nima naf. V.Visotskiy.
Shoh bo’lishni istasangiz, ayolingizga xuddi malikalarga bo’lgandek munosabatda bo’ling.
Ayol kishi hayotida bir marta qaror qabul qiladi – kimga turmushga chiqish. Qolgan qarorlarni qabul qilish erkak kishining bo’ynida.
Yo’q xiyonatni kechirmang. Xiyonat – bu bor narsangni boshqa bilan solishtirish, undan afzalini qidirishdir.
Afzallikni qidirgan – hech qachon bor narsaning qadriga yetmaydi.
Hammabopini emas, munosibini tanlasangiz, munosabatlaringiz ham bir lahzalik emas, umrboqiy bo’ladi.
15 yoshda – biz mukammal insonni qidiramiz, 20 yoshda – sevadigan insonni , 30 da esa – yashashga yaroqligini. Vadim Chernovetskiy.
Erning vafodorligi – ayolning g’ururidir, ayolning iffati esa – erkakning obro’, nufuzidir.
Sevgan insoning bilan ba’zan urushasan. Uni urging ham, bo’g’ib o’ldirib qo’yging ham keladi. Lekin undan ayrilishni – hayolingga ham keltirolmaysan.