Joriy yil 4-6 iyun kunlari Sog'liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 11 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 3 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1 nafar bemor ko'ngil aynishi, qayd qilish, bosh og'rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og'riq, tana haroratining ko'tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, «ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli barcha namunalar olinib, malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko'rsatilmoqda. Dori-darmon zahiralari yetarli darajada.
Mazkur holat bo'yicha o'tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida bemorlarning 11 nafari kasalliklarini Sergeli tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste'mol qilganliklari bilan bog'lashmoqda.
Poytaxtimizda yuz bergan ushbu holat yuzasidan bemorlarga shifokorlar tomonidan o'z vaqtida har jihatdan amaliy yordam ko'rsatilmoqda. Hozirgi vaqtda barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli holatda.