BBS xabar berishicha, Saudiya Arabistoni qiroli chiqargan yangi farmonda, ayollar, endilikda, erkak mahram ruxsatisiz xorijga sayohat qilishi mumkinligi aytiladi.
Juma kundan kuchga kirgan yangi farmonga ko'ra, 21 yoshdan o'tgan barcha ayollar erkak mahramdan ijozat so'ramay, pasport olish huquqini qo'lga kiritmoqda.
Shuningdek, qirol farmoni ayollarga tug'ruq, nikoh va ajralishni ro'yxatdan o'tkazdirish huquqini ham bergan.
Bundan tashqari, ayollarga ishga joylashishda keng imkoniyatlar ham ochilgan. Yangi tartibga binoan, barcha fuqarolar jins, nogironlik yoki yoshdan qat'iy nazar, biror kamsitishga uchramay, ishlash huquqiga ega bo'lmoqda.
Bunga qadar Saudiya ayollari pasport yoki xorijga chiqish vizasi olish uchun o'ziga yaqin erkak qarindoshdan ruxsat so'rashga majbur edi.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari Saudiya Arabistonida ayollarga ikkinchi darajali fuqaro sifatida qaralishini iddao qilib kelmoqda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|