Yodingizda bo'lsa, yaqinda Samarqanddagi tug'ruqxonada bir kecha-kunduzda besh nafar chaqaloq olamdan o'tgani, ko'zi yorigan ayolning farzandi almashtirib qo'yilgani, ya'ni, unga qiz chaqaloq o'rniga o'g'il bola murdasi berilgani haqida ma'lumot bergandik. Kuni kecha tergovchilar o'sha vafot etgan chaqaloqlardan birining ota-onasini tergovga chaqirishdi. M. M. ismli bu erkak shu yil 25 fevral kuni qizli bo'lgani, ammo 28 fevral kuni kutilmaganda chaqalog'i o'lim topganini bayon qildi. Ammo u aytdiki, qizchasi o'lganiga negadir ishongisi kelmayapti ekan. Tergovchilar ham shu fikrda.
— Men tug'ruqxonada vafot etgan besh chaqaloqdan birining otasiman, — dedi erkak. — Meni 2019 yil 19 iyun kuni Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasiga chaqirishdi. Men tergovchidan «Mening bolam ham o'lmagan bo'lishi mumkinmi?», deb so'raganimda, tergovchi «Ha, bo'lishi mumkin. Buni tergov jarayonida aniqlaymiz», deb javob berdi…
Ammo M. M. tan olib aytdiki, dafn etilgan chaqaloqning qabrini ochishga izn bermabdi.
Hozirda respublika bosh prokuraturasi almashtirib qo'yilgan chaqaloq voqeasi doirasida jinoyat majmuasining 124- moddasiga asosan jinoiy ish qo'zg'atgan.
Prokuratura vakillarining rasman xabar qilishicha, 27 fevral soat 8: 00 dan 1 mart soat 8: 00 gacha Samarqand tug'ruqxonasida jami 36 nafar homilador ayol 37 nafar farzandni dunyoga keltirgan. Ularning besh nafari shu muddat oralig'ida turli sabablarga ko'ra vafot etgan. 6 iyun kuni o'lim sabablarini aniqlash maqsadida maxsus tergov guruhi tuzilgan.
Astag'firillo!