Ushbu taomni tayyorlashdan 24 soat avval tovuq qanotlarini marinadlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu sizdan har doimgidan ko‘proq harakat talab qilsa-da, natija shunga arziydi.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Piyoz — 1 dona
Chili qalampiri — 1 dona
Zanjabil
Asal — 5 osh qoshiq
Soya sousi — 2 osh qoshiq
Tovuq qanotlari — xohishga qarab
Tayyorlanish jarayoni:
Piyozni mayda "kubik”, chili qalampirini yupqa dumaloq shaklda to‘g‘rang, zanjabilni maydalang.
Piyoz, chili, zanjabil, asal, soyani qo‘shib aralashtiring.
Tovuq qanotlarini aralashmaga botirib, shisha idishga soling, qandolat "paket”iga o‘rab muzlatgichga qo‘ying (24 soat tursin).
Marinadlangan tovuq qanotlarini tovaga o‘simlik yog‘i solib, 20 daqiqa davomida yaxshilab qovuring.
So‘ngra 180 daraja qizigan pechga 10-15 daqiqaga qo‘ying.
Mazkur tovuq qanotlarini salat yoki garnir bilan qo‘shib yeyish mumkin.
Yoqimli ishtaha!