![](/_nw/20/59106430.jpg)
Yodingizda bo'lsa, yaqinda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida joylashgan «Rustavi-2» telekanali boshlovchisi Rossiya rahbari Vladimir Putinni mualliflik ko'rsatuvida kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqorat qilgandi. Bu haqorat xalqaro miqyosda katta janjallarga sabab ham bo'ldi. Lekin uni mahalliy rahbarlar atigi ikki oy muddatga ishdan chetlatish bilan jazolashdi.
Garchi Putin haqoratlarga keskin fikrlar bildirmagan bo'lsa-da, kuni kecha shu telekanal bosh direktori Nikoloz Gvarmiya Rossiyaga mineral suv hamda sharob sotayotgan kompaniyalarni yer bilan bitta qildi. Ularni sotqinlikda aybladi.
— Ha, mineral suv va sharobingizni olmay qo'ymasligi uchun endi Putinni faqat maqtashimiz kerakmi? — dedi u telekanal orqali qilgan chiqishida. — Tupurdim men o'sha mineral suvigayam, sharobigayam! Hov, do'stlar, o'sha suv va sharobni Ukrainaga soting!..
Bosh direktorning so'zlariga fuqarolar internet saytlari orqali boplab javob qaytarishdi. Aytishdiki, Gvarmiya telekanaldan kattagina maosh oladi. Mineral suv hamda sharob ishlab chiqarayotgan ishchilar esa mabodo Rossiyaga mahsuloti eksport qilinmay qo'ysa, ishdan, maoshdan mahrum bo'ladi. Yana shuni eslatib qo'yishdiki, hozir Rossiyada 800 mingdan ziyod gruziyalik ishlab pul topib oilasiga yubormoqda. Ular ham ishdan, tirikchilikdan mahrum bo'lsa, bosh direktor barchalarining oilasini boqa olarmikan?.. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|