1987 yilda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida tug'ilgan O.Ostonov (ism-familiyalar o'zgartirilgan) joriy yil 21 yanvar kuni soat 16:00 larda uyiga mehmon bo'lib kelgan opasi Sh.Ostonovaning o'g'li, 2014 yil 4 noyabrda tug'ilgan A.Shoyev yotoqxonasiga kirganidan jahli chiqib, uning oyog'i va tanasidan ko'tarib, boshi va tanasini yotoqxona devoriga bir necha marotaba urgan. Oqibatda voyaga yetmagan A.Shoyev olgan tan-jarohatlari tufayli shu kuni shifoxonada vafot etgan.
Tergov harakatlari davomida sudlanuvchi O.Ostonov bir necha bor Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib chiqqanligi va "paranoid-shizofreniya” tashxisi bilan hisobda turishi qayd etilgan.
Statsionar tartibda o'tkazilgan sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko'ra, O.Ostonov yuqorida qayd etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan paytda paranoid ko'rinishidagi shizofreniya kasalligi sababli o'zi sodir etgan harakatlarga baho bera olmaydigan va o'zini o'zi boshqara olmaydigan holatda bo'lgan.
Shu munosabat bilan u kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolashga muhtoj ekanligi ko'rsatilgan.
2019 yil 13 may kuni jinoyat ishlari bo'yicha Xorazm viloyat sudi binosida raislik qiluvchi sudya S.Toganov, xalq maslahatchilari Sh.Matyusupov va K.Polvonovadan iborat tarkibda o'tkazilgan sud majlisida hayotga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi, ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o'ldirish jinoyatini sodir etgan O.Ostonovga nisbatan jinoyat ishi ko'rib chiqildi.
Sud, ekspertiza xulosalarini inobatga olib, sudlanuvchi O.Ostonov ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topib, unga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llash va uni Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish to'g'risida ajrim qabul qildi.
Sud hay'ati sudlanuvchi O.Ostonov muqaddam bir necha marta Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib, "paranoid-shizofreniya” tashxisi bilan hisobda turgan bo'lsa-da, u yashab kelgan hududning profilaktika inspektori, uchastka shifokori va boshqa mas'ul shaxslar o'zaro hamkorlik o'rnatmay, ijtimoiy xavfli qilmish sodir bo'lishi ehtimoli yuqori ekanligiga e'tibor qaratmay, tibbiy ko'rikdan o'tkazish va kerakli tadbirlarni amalga oshirmagan.
Bu holatda sustkashlikka yo'l qo'yganligi hisobga olinib, Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi va Hazorasp tuman IIB rahbariyatiga nisbatan xususiy ajrim chiqarildi. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot http://hordiq.uz/ dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|