Rossiyada o'z ish joyida vahshiylarcha o'ldirilgan o'zbekistonlik U. Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O'zbekistonga yetkazildi hamda 2-may kuni dafn etildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, marhuma kelib chiqishiga o'zbekistonlik bo'lib, 2011-yilda doimiy yashash joyini Rossiyaga ko'chirgan hamda Rossiya Fedratsiyasi fuqaroligini olib O'zbekiston fuqaroligidan voz kechgan.
Shunga qaramay, 2019-yilning 1-may kuni U.Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O'zbekistonga yetkazilgan va dafn etilgan. Jasadni jo'natish va dafn etish harajatlarini rossiyalik ish beruvchi o'z zimmasiga olgan. Marhumaning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o'z otalari – Rossiya fuqarosi qaramog'ida qolgan.
Ayni paytda Tula viloyati Tergov boshqarmasi Uzlovaya shahri tergov bo'limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko'zda tutilgan jinoyat (odam o'ldirish) alomatlari bo'yicha ochilgan jinoyat ishining tergov jarayonlari davom etmoqda.
O'zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi konsullik bo'limi Tula viloyati Uzlovaya shahrida fuqaro U.Egamurotovaning o'ldirilishi bilan bog'liq vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda, deya xabar qildi Sputnik.
Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|