TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Rossiya prezidentini haqorat qilgan gruziyalik jurnalist jazoga tortiladimi?..
Kuni kecha Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida joylashgan «Rustavi 2» telekanali ofisi yoniga yuzlab odamlar to'plandi. Ular telekanal boshlovchilaridan biri Georgiy Gabunini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sha'niga kurakda turmas haqoratli so'zlar yo'llagani uchun rasman uzr so'rashga chaqirishdi. Bundan tashqari, ular Gruziya hukumat rahbarlaridan teleboshlovchiga jazo chorasi ko'rilishini talab qilishdi. Guvohlarning aytishicha, norozilik namoyishi ishtirokchilari o'zlarini juda emotsional holda tutib, telekanal ofisi tarafga supurgilar irg'itish, baqir-chaqir qilishdan tiyila olishmadi.
Keyinroq Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili teleboshlovchining gaplariga munosabat bildirib, uni keskin tanqid ostiga oldi. Prezident aytdiki, bunday haqoratlarni yog'dirish avvalo gruzin xalqi odat va an'analariga to'g'ri kelmaydi. Qolaversa, jurnalist katta bir davlat rahbarini haqoratlab, ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni sovuqlashtiradi xolos. Gabunini Gruziya bosh vaziri Mamuka Baxtadze ham tanqid qilib o'tdi. Demak, haqorat uchun teleboshlovchi kerakli jazoga tortilishi aniq.
Eslatib o'tamiz, telekanal boshlovchisi o'zining P. S. mualliflik ko'rsatuvida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni juda xunuk so'zlarni ishlatgan holda haqorat qilgandi. U tilga olgan haqoratlarni qog'ozga tushirishning o'zi ham gunoh va uyat.