Chorshanba, 03.07.2024, 14:36
www.24soat.com
Hush kelibsiz Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [2214]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1691]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [507]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [1160]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [695]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [37]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [695]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [414]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [23]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [25]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [383]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [9]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [101]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [33]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [484]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [33]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [69]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [275]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [15]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР [28]
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO'RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 10
Xisobot



Jami saytda: 2
Mehmon: 2
Ishtrokchilar: 0
Главная / Bosh sahifa » 2019 » Avgust » 27 » Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

09:58
Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
Usmoniylar saltanatining sultoni Sulaymon shohning rafiqasi – Xurram xonim o’z davrining dong’i ketgan nufuzli ayollaridan biri bo’lgan, biroq o’limidan olti asr o’tgandan keyingina haqiqiy shuhrat qozongan.

19- asrda Xurram xonim bir qator qissa, roman va poemalarning bosh qahramoni bo’lib qoldi. Ayniqsa ukrainalik mualliflar ko’proq ajralib turdilar, chunki ular Xurramning tarixini o’z mamlakatlari bilan bog’lar edilar.1990 yillarda Ukraina televideniyasi tomonidan hattoki "Roksolana” nomli serial suratga olindi va namoyish etildi. Unda Xurram xonim haqida barcha ma’lumotlar (haqiqiy va uydirmalari) to’planib, u go’zal kanizak va ko’rkam sulton haqida romantik muhabbat tarixiga aylandi. Biroq Xurram xonimni shuhratini olamga yoyish harakati deyarli besamar ketdi.




Kechikkan shuhrat

Butun dunyo telekanallarida "Muhtasham yuz yil” seriali namoyish etilishi bilan XVI asrning "haramdagi muhabbat” tarixi va uning ehtiroslari har bir xonadonga kirib keldi. Ana shundagina ko’pchilik odamlar islom qonun-qoidalari asosida hukm surgan Usmoniylar imperiyasidek saltanatda tarixga katta hissa qo’sha olgan shunday ayol o’tgani haqida bildilar.

Lekin shuni aytib o’tish kerakki, serialda aks etgan tarixiy voqealarning faqat negizigina haqiqatga to’g’ri keladi, xolos. Haramdagi tartib-qoidalar, kanizaklarning o’zlarini tutishlari, haramning kundalik hayoti, qahramonlarning Yevropa o’rta asr modasi bilan uyg’unlikda yaratilgan liboslari – bularning hammasi serial mualliflarining uydirmalaridir.

Maxfiy yozishmalar (nomalar)

Tarixchi olimlar tayanishlari mumkin bo’lgan hujjatlar juda kam saqlanib qolingan. Usmoniylar saltanati yopiq turdagi hukumat bo’lgan. Haram – begonalarning kirishi taqiqllangan hudud bo’lib, bu yerga faqatgina sulton va uning o’g’illarigina kira olganlar. Haram xodimlari memuarlar yozmaganlar, kanizaklarning esa bu hayoliga ham kelmagan. Shunday ekan, Usmoniylar imperiyasining sultoni Sulaymon shohning hissiyotlari haqida uning Xurram xonim bilan yozishgan mehr to’la nomalaridan bilib olishimiz mumkin.

Sulton harami haqidagi ba’zi ma’lumotlar chet ellik elchilarning yozuvlarida saqlanib qolingan. Ular saroyda bo’lib o’tayotgan voqea-hodisalarning hammasini qayd qilib borganlar. Og’izdan-og’izga otib borgan bu ma’lumotlar ozgina bo’rttirilgan va natijada odamlarning Xurram xonim haqida o’ziga yarasha "ijtimoiy fikri” hosil bo’lgan. Unga ko’ra, Xurram xonim sultonni sehrlab olgan makkor jodugar hamda birovlarning qoni evaziga o’g’illariga taxtga yo’l ochib bergan yovuz niyatli ayol sifatida gavdalangan. 

Usmoniylar saltanatining sultoni Sulaymon shohning rafiqasi – Xurram xonim o’z davrining dong’i ketgan nufuzli ayollaridan biri bo’lgan, biroq o’limidan olti asr o’tgandan keyingina haqiqiy shuhrat qozongan.
Xurram xonimning beshta ismi

Muqaddas Rim imperiyasining Istambuldagi elchisi o’zining "Turk yozishmalari” nomli kitobida Sulaymon shohning qudratli rafiqasi haqida yozar ekan, uni kitobxonga Roksolana deb tanishtirgan, shu bo’yi Xurram xonim Yevropada Roksalana nomi bilan mashhur bo’lan. Aslida turklar bu nomni slavyan-kanizaklarga berishar edi. Hattoki o’sha davrdagi Usmoniylar imperiyasining haritasida Sharqiy Yevropa – Roksolaniya deb atalar edi.


Xurram xonimning kelib chiqishi ham serialda biroz o’zgartirilib ko’rsatilgan. Aslida u Polsha yoki Ukrainada tug’ilgan. Cho’qintirilayotganda unga Anastasiya yoki Aleksandra, deb ism qo’yilgan. Uning otasi ruhoniy bo’lganligini o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Familiyasiga to’xtaladigan bo’lsak, uni XIX asr romanchilari huddi biografiyasining ba’zi qismlari kabi o’ylab topganlar – Anastasiya (yoki Aleksandra) Gavrilovna Lisovskaya sohta familiyadir.

Asli slavyan millatiga tegishli bo’lgan Xurram tug’ilib o’sgan joyidan qrim tatarlari tomonidan o’g’irlab ketilib, qullar bozorida Usmoniylar imperiyasining olib-sotarlariga sotib yuborilgan. Ular orqali esa Sulaymonning haramiga kelib qolgan. U paytda Sulaymon hali taxtga o’tirmagan, Manisa viloyatining hukmdori edi.

Xurram ham o’sha vaqtda o’smir qiz edi, uning sulton bilan yaqinlashishi haramga kelib tushganidan ancha yillar keyin sodir bo’lgan. Qisqa qilib aytganda, voqealar serialda ko’rsatilgan shiddatda bo’lib o’tmagan.

Xurram "qonxo’r sulton xonim” bo’lgani rostmi?

"Muhtasham yuz yil” serialining qahramoni Xurram xonimning davlat ishlariga aralashishdan maqsad – o’zining va farzandlarining hayotini saqlab qolish bo’lgan. Buning uchun u makkorligini ishga solib, sultonga bir vazirni yaqinlashtirib, ikkinchisini uzoqlashtirgan, o’zi bilan til topisha olmagan amaldorlarni o’ldirtirib yuborgan, ba’zan murakkab, ba’zan esa oddiy fitnalar to’qigan.

Tarixda saqlanib qolgan Xurramning xatlaridan esa uning aqlli, davlat miqyosidagi puxta bilimga ega ekanligi va dunyoqarashining kengligini ko’rish mumkin. Agar Sulaymon shoh uning maslahatlariga quloq solgan bo’lsa, bu sulton xonimning makkorligini emas, oqila ayol bo’lganligini bildiradi.

Ha, sulton xonim haqiqatdan ham davlatning boshqaruv ishlariga aralashar edi, devondagi vazirlar kengashiga ta’sir o’tkazar edi, tashqi siyosat bilan qiziqar va hattoki chet ellik elchilarni "ochiq yuz” bilan qabul qilar edi – bu ma’lumotlarni o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Xurram xayriya ishlari bilan shug’ullanar, karvonsaroy va masjidlar qurilishiga pul ajratar edi. "Muhtasham yuz yil” serialidagi sulton xonimning yovuz siyosiy o’yinlari film syujetini boyitish hamda tomoshabinni jalb qilish uchun bo’rttirib ko’rsatilgan.


Xususan, buyuk vazir Ibrohim-posha hamda taxt vorisi bo’lmish shahzoda Mustafoni qatl etish fitnasini uyushtirishi – bu hujjatlarda o’z tasdig’ini topmagan bir afsonadir.

To’g’ri, Xurramni ko’pchilik yoqtirmas edi. U odamlarda qo’rquv, hasad, nafrat hissini uyg’otar edi, chunki u Turkiya tarixida birinchilardan bo’lib, muhabbat rishtalarini hukumatni to’laqonli boshqaruv vositasiga aylantira oldi.

Xurram Turkiyada saroy xonimlari ichidan birinchi bo’lib davlat ishlari bilan shug’ullandi va boshqa xonimlar uchun namuna bo’la oldi. Undan keyin boshqa sulton xonimlar ham tortinmasdan ochiqchasiga davlat ishlari bilan shug’ullanadigan bo’ldilar.

Xurram qaysi muqaddas an’analarni buzdi?

Ba’zi tarixchilar Xurramning paydo bo’lishi bilan Usmoniylar saltanatining yemirilishi boshlanganini yozganlar. Aslida saltanat bir necha asrlardan keyin barbod bo’lgan bo’lsada, konservatorlar bunda Xurramning aybi borligiga ishontirmoqchi bo’ladilar.

Xo’sh, sulton xonimning aybi nimada edi? Birinchidan, Xurramning kanizaklikdan sulton xonim darajasiga ko’tarilishi ko’p yillik an’anaga zid edi. Sultonlar kanizaklariga uylanmas edilar, biroq bu narsa qonun tomonidan rasman man qilinmagan edi. Sulaymon shoh kanizagini kanizaklikdan ozod qilib, so’ngra unga uylandi, bu esa ko’pgina noroziliklarga sabab bo’ldi.

Ikkinchidan, Xurram sultonga besh o’gilni tug’ib berdi – serialda esa Xurramning faqat uchta o’gli namoyon bo'ldi – Salim, Boyazid va Jahongir. Go’daklik paytlarida vafot etgan Mahmud va Abdulla ismli o’g’illari esa tarixda hech qanday iz qoldirmaganliklari uchun serialda ko’rsatilmaydi.

Amal qilib kelinayotgan an’analarga ko’ra esa, kanizak sultonga faqatgina bitta o’g’il farzand tug’ib berishga haqli edi. Shundan keyin esa u sulton xonim maqomini olib, sultondan uzoqlashishi va hayotini faqatgina o’g’liga bag’ishlashi kerak edi. Usmoniylar sulolasini davom ettirishdek sharafli vazifa esa haramning boshqa kanizaklariga yuklatilar edi.

Uchinchidan, sultonning haramdagi boshqa ko’pgina kanizaklaridan farzand ko’rishdek muqaddas an’ana xavf ostida qoldi, Xurram yolg’on-yashiqlari hamda o’z mavqeini suiiste’mol qilib, bunga uzoq vaqt to’sqinlik qilib keldi.

Hattoki sulton xonim bilan raqobatlasha oladigan kanizaklarni haramdan chiqarib yuborish hollari ham bo’ldi. Bu ish sulton va uning onasi – volida-sulton tomonidan amalga oshirilganiga nima deysiz. Volida-sulton bir marta o’g’lining huzuriga o’zining kanizaklaridan birini yuborgani uchun kelini bo’lmish Xurram xonimdan kechirim so’ragan, degan gaplar ham bor.

To’rtinchidan, an’ana bo’yicha, shahzoda balog’at yoshiga yetishi bilan onasining kuzatuvi ostida unga ajratilgan viloyatga hokim sifatida borib, boshqaruv bo’yicha tajriba orttirishi lozim edi.

Xurram bo’lsa o’g’illarining hech biri bilan ketmadi, Istambulda erining yonida qoldi. Sulton xonimning bu harakati ham ko’pchilikning noroziligiga sabab bo’ldi.

Va eng asosiysi: Sulaymon va Xurramning bir-birlariga munosabatlari va bog’liqliklarini uzoq vaqt davomida ko’z-ko’z qilib kelishlari saroyning qonun-qoidalariga hech ham to’g’ri kelmasdi. Odamlarning nazdida ayoliga bo’ysungan hukmdor eng asosiy vazifa – ya’ni saltanatning qudratini mustahkamlash maqsadida yangi yerlarni zabt etishga qodir bo'lolmas edi.

Sulaymon shohning Xurramga bo’lgan bo’g’liqligi umrining oxirigacha davom etdi. Xurram vafot etganidan keyin ham (zaharlanib yoki og’ir kasallikdan) sulton uni sharaflashda davom etdi: rafiqasini o’zining buyrug’i bilan qurdirgan Sulaymoniy masjidiga dafn qildi hamda vafotidan keyin uni ham xotini yoniga dafn qilishlarini vasiyat qildi. 



Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX | Ko'rildi: 504 | Qo'shdi: Sulton, muhtasham, Muhabbat, Xurram, saroy, haram, fitna, noma, Sulaymon, serial, yil, kanizak, Turkiya, Usmoniylar, tarix, Shaxzoda, Haqiqat, yuz, davlat, volida-sulton, uydirma, Roksalana, saltanat, xonim, imperiya | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
avatar

Saytga kirish
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang
2) Dildora Niyozova - Onaginam
3) Shahzoda - Mayli
4) Shahzoda - Bir dona
5) Munisa Rizayeva va Yamin - Armon (Remake)
6) Yusufxon Nurmatov - Nima deymiz Allohning huzurida
7) Janob Rasul - Dikkir - dikkir
8) DJ Piligrim - Ты меня забудь (Piano version)
9) Dildora Niyozova - Hamdu sanolar
10) Shohruhxon - Ilk sevgim

Malumot Izlash





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
«  Avgust 2019  »
DushSeshChorPayJumShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2024
uCoz