
Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg'i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o'zgartirish to'g'risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qaroriga asosan 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi belgilab qo'yilgan edi. Ammo narxlar oshirilmadi.
Sababi yoqilg'i-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish bo'yicha bozor mexanizmlariga o'tishning iste'molchilarga ta'sirini yengillashtirish maqsadida 2019 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining yangi qarori imzolandi.
"Yoqilg'i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi mazkur qaror bilan 2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlarning oshirilishi bekor qilindi.
Mazkur qaror bilan sohaga oid boshqa yangiliklar ham amaliyotga joriy etilmoqda. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|