Qurbon Hayiti munosabati bilan 11 avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga ko'chirilishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.
Boshqa kunga ko'chirish jarayonlari faqat 11 avgust kuni testga kiradigan abiturientlarga taalluqli bo'ladi. Boshqa kundagilar o'zlari uchun belgilangan kunda test sinovlariga kiraveradi.
Jumladan, hududlarda 11 avgustga belgilangan test sinovlari quyidagi kunlarga ko'chirildi:
Qashqadaryo viloyati – 12 avgustga
Farg'ona viloyati – 13 avgustga
Jizzax viloyati – 13 avgustga
Navoiy viloyati – 13 avgustga
Qoraqalpog'iston – 14 avgustga
Andijon viloyati – 14 avgustga
Xorazm viloyati – 14 avgustga
Samarqand viloyati – 14 avgustga
Buxoro viloyati – 15 avgustga
Test sinovlari ko'chirilgan abiturientlar test sinoviga kirish ruxsatnomasini yangidan olishi shart emas. Bino hamda test sinovlari vaqti (smenasi) avvalgidek saqlanib qoladi.
Ro'yxatda ko'rsatilmagan hududlarda test sinovlari 11 avgustgacha tugab bo'lgan bo'ladi.