Islom va boshqa dinlarda ro`za, Yaratganga ibodatlarning eng muhimi bo`lish bilan birga, inson salomatligi uchun ham juda foydali hisoblanadi. Bir oylik ro`za tutish jarayonida inson organizmida moddalar almashinuvi tizimi dam oladi. Energiya hosil qilish uchun organizmdagi to`planib qolgan yog`lar ishga tushadi. Shu bilan birga, biz kunlik eguligimizni qadriga etishni va ochlikka sabr qilishni o`rganamiz. Hattoki ko`pchilikka ro`zadan keyin ovqatlarning ta`mi ham boshqacha – mazali tuyuladi. Ro`za ― bu Robbimizning bizga tuhfasi va biz bu jarayonga alohida ahamiyat bilan qarashimiz lozim bo`ladi. Ramazonda sog`lom turmush tarziga erishish uchun biroz tayyorgarlik ham kerak bo`ladi. Kelayotgan oy uchun avvaldan taxminiy «menyu» tuzib, kerakli narsalarni sotib olishni boshlash kerak. Shunda siz Ramazonning boshidanoq o`zingiz istagan taomni sizga qulay sharoitlar bilan tayyorlashingiz mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, oldindan menyuni tayyorlash sizning vaqtingiz va kuchingizni tejaydi. Hozirdanoq kofe, gazlangan ichimliklar, umuman, tarkibida kofein mavjud ichimliklarni kamaytirish maqsadga muvofiq. Shunda Ramazongacha sekin-sekin bunga o`rganasiz. Shu bilan birga, organizmda namlikni saqlab turish uchun 8-10 stakangacha suv ichishingiz mumkin.
Ramazon – ozish fursati emas. Bu – sokinlik, xotirjamlik oyi. Agar o`tgan yili sog`ligingiz bilan muammolar bo`lgan bo`lsa, albatta, shifokorga borib, oldindan ovqatlanish tarzini qanday tashkil qilish borasida maslahatlashing.
Uyqu, mashg`ulotlar, ish vaqtlarining ham tartibli bo`lishiga ahamiyat bering. Gimnastika ham juda yaxshi foyda beradi. Agar siz barcha faoliyatlaringizni tartibga sola olsangiz, Ramazon oyi davomida tetik va bardam bo`lasiz.
Ramazon oyida ovqatlanish tartibida quyidagilarga ahamiyat bering:
• Meva va sabzavotlardan imkon qadar ko`p foydalaning, hamisha dasturxoningizda bo`lsin.
• Saharlik paytida judayam shoshilib ovqatlanishdan saqlaning.
• Kunduzi chanqamaslik va bosh og`rig`idan qochish uchun ko`proq suyuqlik (masalan, yangi meva sharbatlari) iching.
• Choy, kofe, kola kabilarni 2 stakandan ortiq ichmang. Ular uyquni qochirish bilan birga, organizmdan suyuqlik ketib qolishiga sabab bo`ladi, bu esa darmonsizlikka olib keladi.
• Badantarbiya qiling. Faol qon almashinuvini ta`minlash muhim ahamiyatga ega. Ertalabki va kechki sayr ham juda foydali.
• Uxlash tartibingizga e`tibor qiling. Bu kun davomida o`zingizni yaxshi his qilishga yordam beradi, ayniqsa, ishlaydigan va o`qiydiganlar uchun bu juda ahamiyatli. Kam uxlash asabiylik, bosh og`rig`i va ovqat hazm qilish bilan bog`liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
• Tushdan so`ng biroz uxlab olish ham foydali. Bu sizni tetiklashtiradi va iftor vaqtigacha kuch bag`ishlaydi.
• Saharlik. Albatta, quyosh chiqishidan oldin saharlik qiling. Uyqu buzilishi tufayli saharlikdan voz kechmang. Shuningdek, bu nonushta quvvat manbai bo`lishiga ham e`tibor bering. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot Kimlar Ramazon ro`zasini tutmaslik uchun uzrli sanaladi va uzrlar qaysilar? dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|