TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirida «Do'stlik» MFYda joylashgan qurilish ishlari bilan shug'ullanuvchi korxona elektr energiyasidan foydalanish tartiblari tekshirildi.
Bunda jamiyat ish boshqaruvchisi A.Sharipov tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan joriy yil uchun elektr ta'minoti shartnomasi tuzmaganligi aniqlandi. Shuningdek, jamiyatga qarashli «PS-Feruz» fider 250 kVt. transformator ichiga o'rnatilgan «DTS-541» rusumli elektr hisoblagichdan tashqari, o'zboshimchalik bilan o'lchov priborining ulanish sxemasi o'zgartirilgan.
O'rnatilgan 3 dona elektr tarmog'iga ulangan simlar uzib qo'yilib, hisoblagich sun'iy ravishda to'xtatilgan holda elektr energiyasidan foydalanib kelingan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasining yakuniy «qayta hisob-kitob» xulosasiga ko'ra, MChJ tomonidan jami 37445, 2 kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib davlat manfaatlariga 12 394 361,2 so'm miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi ko'rsatilgan.
Mazkur noqonuniy holat yuzasidan A. Sharipov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga yetkazilgan 12 394 361, 2 so'mlik moddiy zarar miqdori to'liq qoplanishi ta'minlandi.