Hayvonlarning nafaqat tashqi ko'rinishi, balki hayot tarzi va odatlari ham o'ziga xosdir. Ular bilan bog'liq ba'zi ma'lumotlarni sizga taqdim etamiz.
1. Mayda qisqichbaqaning yuragi bosh qismida joylashgan bo'ladi.
2. Chig'anoqlar bir uxlashda uch yilgacha uxlashadi.
3. Koalaning barmoq izlari odamlarnikidan deyarli farq qilmaydi.
4. Shilliq qurtlarning 4 ta burni bor.
5. Hayvonlar orasida faqatgina fillar yuqoriga ko'tarila olmaydi.
6. Karkidonlarning shoxi sochlar yig'indisidan iborat.
7. Qurbaqalar qorin qismi orqali gipnoz qilish xususiyatiga ega.
8. Chumolixo'rlar 2 haftagacha ochlikka bardosh bera olishadi.
9. Antarktika muz qatlamining qariyb 3 foizini pingvinglar peshobi tashkil etarkan.
10. Sigirlar hayoti davomida 200 000 stakan sut beradi.
11. Ko'rshapalaklar har doim g'ordan chap tomonga qarab uchib chiqishadi.
12. Jirafalarda ovoz chiqaruvchi paychalar mavjud emas.
13. Kengurular baland ovoz chiqara olishmaydi.
14. Tuyaqushning ko'zlari miyasidan ko'ra kattaroq.
15. Qurbaqalar qayt qilolmaydi.