![](/_nw/79/72568354.jpg)
Krem va qulupnayli mazkur shirinlikni nonushtaga yoki kechki ovqatdan keyin desert sifatida iste’mol qilish mumkin.
Shirinlik uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Qulupnay — 200 gr O‘simlik yog‘i — 70 ml Un — 160 gr Suv — 200 ml Tuxum — 2-3 dona Tuz — bir chimdim Krem — 200 ml (istalgan: qaymoqli, "zavarnoy” yoki sutli kremdan ham foydalanish mumkin )
Tayyorlanish jarayoni:
Idishga o‘simlik yog‘i, suv va tuz solib qaynating. Qaynab chiqqanidan keyin un qo‘shib yaxshilab aralashtiring. Tayyor aralashmani 20-30 daqiqa tindiring. Aralashmaga tuxumni alohida-alohida chaqib aralashtiring. Qoshiq yordamida aralashmadan olib, kerakli miqdorda gaz listiga terib chiqing. 200 daraja qizigan pechga 10 daqiqaga qo‘ying. 10 daqiqadan keyin pech issiqligini 180 darajaga to‘g‘irlab, yana 15-20 daqiqaga qo‘ying. Tayyor bo‘lgan xamirni o‘rtasidan bo‘ling. Qulupnayni 3-4 bo‘lakka bo‘ling. Mahsulotlaringizga yarasha krem tayyorlab oling (Qaymoqqa shakar va vanilin qo‘shilgan variantni taklif qilamiz). Xamirning bir bo‘lagiga krem surtib, qulupnay qo‘ying va ikkinchi bo‘lak bilan yoping. Shirinliklarni shakar kukuni bilan bezang.
Shirinlik tayyor, yoqimli ishtaha!
Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|