Ma’lumki, kunlar isishi bilan boshqa hashoratlar kabi kanalarning ham uyg‘onishi va faollashishi kuzatiladi. O‘zbekiston hududida kanlarning ko‘plab turi mavjud bo‘lib, ular ichida inson hayoti uchun xavfli Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchisi bo‘lgan iksodkanalaridir. Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, 20% iksod kanalar Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qo‘zg‘atuvchi virusini tashuvchisi hisoblanishadi.
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi: o‘ta xavfli, asosan gemokontakt yo‘l bilan yuqadigan yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi.
Bu kasallik – odamlarga mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi kanalarni terish, ularni junini olish yoki cho‘l hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqishi orqali yuqadi. Iksod kanalarining hazm qilish yo‘llarida kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslar bo‘ladi va kana odamni chaqqanda, ochiq yarasi orqali qoniga tushadi.
Virus ajratgan moddalar natijasida odam qoni ivishi izdan chiqadi natijada burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi. Kasallik o‘z vaqtida diagnostika qilinmasdan, simtomatik hamda spetsifik tibbiy yordam ko‘rsatilmagan taqdirga og‘ir kechadi shuningdek, bemor uchun noxush tugashi mumkin (30-40% bemorlar qon ketishi oqibatida halok bo‘lishadi).
Fuqarolarmizda ushbu kasallik bo‘yicha keng tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish zarur, chunki kanani qo‘lda terish, o‘ldirish mumkin emasligini bilmasliklarini jabrlanuvchi bemorlarni so‘rash paytida aniqlangan.
Bir narsani esdan chiqarmasligimiz kerak, iksod kanalari tabiatning bir bo‘lagi va uni butunlay yo‘q qilishning iloji yo‘q, bundan tashqari bu kanalar nihoyatda chidamli bo‘lib molxona devori tirqishida o‘n yilgacha och uxlashi isbotlangan.
Kasallikka qarshi kurashning muhim chora-tadbirlari uning manbasini aniqlashga, o‘z vaqtida zararsizlantirishga va kasallik yuqtiruvchi yo‘l hamda omillarni bartaraf etilishiga qaratiladi.
Qishloq hududlaridagi yakka xo‘jaliklarda chorva mollarini saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil etish va kanalarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymasliklariga alohida e’tibor qaratish zarur.
Hayvon boqiladigan molxona, qo‘ra va qo‘tonlarning tuproqlari, loy qilingan devorlar kana ko‘payishi uchun yaxshi sharoit hisoblanadi.
Kasallikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning eng muximi odamlarni kanalar chaqishini oldini olishdir. Kanalarni yo‘q qilish uchun uy xayvonlari terisi yilning mart oyidan sentyabr oyiga qadar haftada bir marta xlorli birikmalar bilan maxsus ishlovdan o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari va bemorlarni parvarish qiladigan xodimlar hamda bemorlar yaqinlarini kasallanishiga yo‘l qo‘ymaslik katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ular doka niqob, rezina qo‘lqop va teri himoya kiyimlarida (xalat, kastyum va b.q.) bo‘lishlari kerak. Manba: 24soat.com -Saytdan olindi. Ushbu ma'lumot dan olindi! < ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:
Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
|